Geokimyoviy sikllar
Geokimyoviy sikllar - tadrijiy kechadigan kimyoviy jarayonlar majmui. G. s.da kimyoviy elementlar bir qancha migratsiyadan keyin, turli fizikkimyoviy qayta oʻzgarishlarda minerallar hosil qilib ishtirok etadi, izotop tarkibini oʻzgartirib, dastlabki holiga qaytadi. "G. s." termini rus olimi A. Ye. Fersman tomonidan 1922 yda taklif etilgan. 1927 yilda V. I. Vernadskiy Yer poʻstidagi koʻpgina kimyoviy elementlarning G. s.da ishtirok etishini "Geoximiya ocherklari" asarida asoslab berdi. U Yer poʻstining turli zonalarida birikma, molekula va kristallar hosil qilib, bir shakldan ikkinchi shaklga oʻtib, aylanib yuradigan vodorod, bor, azot, kislorod, natriy, magniy, alyuminiy kabi 40 dan ortiq kimyoviy elementlarni geokimyoviy sikllarhosil qiluvchi elementlar guruhiga kiritdi. Geokimyoviy tadqiqotlar asosida G. s.ning barcha bosqichlari uchun yuqoridagi kimyoviy elementlardan baʼzilari (N, CI, N, O, S, R, S, K, Na) harakterli ekanligi, boshkalari esa faqat geosfera, litosfera, gidrosfera va atmosfera G. i.ni hosil qilishi mumkinligi isbotlandi. Soʻnggi yillarda fizik va kimyoviy xususiyatlariga koʻra elementlar umumiy va xususiy G. s.da ishtirok etishi aniqlandi. Xususiy G. s.da elementlar bitta zonada (geosfera), umumiy G. s.da esa Yer poʻstining turli zonalarida birikma, molekula holida ishtirok etadi. Bunday holat G. s.da faqat ayrim elementlar ishtirok qilishini koʻrsatadi va geokimyoviy sikllartushunchasiga aniklik kiritdi, yaʼni geosferada elementlarning birikmalar toʻplamini hosil qilish jarayoni geokimyoviy sikllardeb yuritiladigan boʻldi. geokimyoviy sikllarmagmatik, postmagmatik, gipergen, choʻkindi jins hosil qiladigan erta va kechki diagenez va metamorfik jarayonlarni oʻz ichiga oladi. geokimyoviy sikllaralohida kimyoviy elementlar uchun ham kuzatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |