Geolog stadioni
Joyi | Qarshi, Oʻzbekiston |
---|---|
Qachon ochilgan | 1983-yil |
Qachon taʼmirlangan | 1993, 1995, 2011, 2020-yillari |
Egasi | Sevinch futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim |
Hajmi | 11.000 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Sevinch futbol klubi |
Geolog stadioni — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Geolog MFYda joylashgan koʻp maqsadli stadion boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu stadiondan asosan futbol sporti oʻtkazilib kelinadi. Stadion PFC Sevinch futbol jamoasining uy stadioni hisoblanadi[1].
Stadion tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarshi shahrida joylashgan „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-mayda tashkil etilgan boʻlib, ushbu majmuoda erkaklar va ayollar fitnes zallari, suzish suv havzasi hamda sohil futboli (plyaj futboli) oʻynash uchun qumli maydon ham bor.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sevinch“ ayollar futbol jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasidagi uy oʻyinlarini „Geolog“ stadionida oʻtqazadi. „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-may sanasida ochilgan. Stadion oʻz bagʻriga 11.000 ming muhlisni sigʻdira oladi. Stadion oʻlchami 105 x 68 metrni tashkil etadi. „Geolog“ stadioni 1993-yil, 1995-yil, 2011-yillar qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. 2020-yil 26-may „Sevinch“ ayollar futbol klubi mashgʻullotlar bazasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Stadion chimi tabiiy. Manzil: Nasaf koʻchasi, 5-uy[2].
Geolog stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adress | Nasaf koʻchasi, 5-uy. |
Telefon | +998909982880 |
Foydalanishga topshirilgan vaqti | 1983-yil |
Maydon oʻlchami | 105 x 68 metr |
Tomoshabinlar sigʻimi | 11.000 |
Sektorlar soni | 20 |
Mehmonlar sektori | 5-sektor |
Maydon qoplamasi | „Sportmaster“ (Daniya) |
Yoritish moslamasi | 1200 lyuks |
Musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan Geolog stadionida Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati va kubok oʻyinlariga mezbonlik qiladi. 2015-yil 16—23-aprel kunlari ilk marotaba Oʻzbekiston superkubogi oʻyinlari oʻtazildi. Birinchi oʻyin 16-aprel kuni Bekobod shahrida oʻtqazildi va oʻyin 0:3 hisobida Sevinch foydasiga hal boʻldi. Ikkinchi oʻyin 23-aprelkuni Qarshi shahri Geolog stadionida oʻtqazildi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi va gollarni 20 daqiqada Zebo Joʻraeva (Sevinch), 22-daqiqada Moxigul Ikromova (Metallurg W) kiritishdi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra Sevinch „Metallurg W“ (Bekobod) jamoasini 4-1 hisobida magʻlub etib superkubok sohibi boʻldi[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Geolog” madaniyat va sport sog'lomlashtirish majmuasiga fotosayohat“.
- ↑ „Sevinch (ayollar futbol klubi) uy stadioni“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ayollar futboli tarixida “Sevinch” ilk marta Superkubok sohibi“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jahon stadionlarida stadion haqida maʼlumot (Wayback Machine saytida 2012-05-14 sanasida arxivlangan)