Geologik yosh
Geologik yosh — qandaydir geologik hodisa (togʻ jinslari qatlamlarining hosil boʻlishi, dengizning bosib kirishi, bir turdagi jonzotlarining qirilib ketishi, lavalarning quyulishi, intruziyalarning yorib kirishi va hokazo)dan keyin oʻtgan vaqt. Ming va mln. yillar bilan oʻlchanadi.
Mutlaq va nisbiy G. yo. ajratiladi. Mutlaq G. yo. — togʻ jinslari yoshining vaqtning mutlaq birligida ifodalanishi; minerallar tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va b.)ning parchalanishini oʻrganish asosida hisoblab chiqiladi. Odatda, mln. yil hisobida oʻlchanadi. Termin shartli ravishda ishlatiladi, chunki olingan raqamlar "mutlaq" emas va eng kam xato ±5% bilan beriladi.
Nisbiy G.yo. — togʻjinslarinikesimda bir-biriga nisbatan oʻzaro joylashishiga koʻra aniqlanadi. Kichik burchak bilan enkaygan qatlamlarning ostidagisi qad., oʻstidagisi yosh hisoblanadi. Birbiridan uzoqda joylashgan choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini solishtirib umumiy stratigrafiya shkalasi tuzilgan. Qatlamlarda topilgan toshqotgan hayvonot va oʻsimliklar qodsigʻini tahlil qilib jinslar umumiy shkalaga taqqoslanadi, yaʼni nisbiy G. yo. aniqlanadi (yana q. Geoxronologiya).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |