Geometrik oʻlchashlar
Qiyofa
Geometrik oʻlchashlar - chiziqning uzunligi, burchakning kattaligi, figuraning yuzi yoki hajmini taʼriflash va hisoblash. Oʻlcham tushunchasiga asoslanadi. Figuraning oʻlchami tayin oʻlchov byrligi va uning ulushlari bilan qamrab hisoblanadi. Bushga shakl koʻchirilganda oʻlchami oʻzgarmasligi (invariantlik), figuralar qoʻshilganda oʻlchamlari ham qoʻshilishi (additivlik) xossalariga asoslaniladi. Agar chekli qadamda oʻlcham aniq topilsa, u ratsional son boʻladi. Aks holda (mas, tomoni 1 ga teng kvadratning diagonali oʻlchanganda) Arximed aksiomasi qoʻllanib, oʻlcham avval taqriban topiladi, soʻng ulushlar cheksiz maydalanib limitga oʻtiladi. Egri chiziqlar va sirtlar oʻlchami (mas, aylana uzunligi, shar hajmi) shu usulda taʼriflanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |