George Dobson
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | George David Dobson[1] | ||
Tavallud sanasi | 15-noyabr 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Harold Wood, Angliya | ||
Boʻyi | 1.85 m | ||
Ampluasi | |||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Charlton Athletic | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2015 | Arsenal | ||
2015—2016 | West Ham United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016—2017 | West Ham United | 0 | (0) |
2016—2017 | → Walsall (ijara) | 21 | (1) |
2017—2018 | Sparta Rotterdam | 5 | (0) |
2018—2019 | Walsall | 60 | (1) |
2019—2021 | Sunderland | 34 | (0) |
2021 | → AFC Wimbledon (ijara) | 24 | (1) |
2021 | Charlton Athletic | 56 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 12-noyabr uchun) |
George David Dobson (talaffuzi: Jorj Devid Dobson) (1997-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. George Dobson „Charlton Athletic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]George Dobson 2009—2014-yillarda Essexdagi Brentwood maktabida tarbiyalangan[3].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dobson 8 yoshida „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Keyinchalik, u 2015-yil 28-iyulda „West Ham United“ futbol klubiga qoʻshilgan[4]. Oʻsha paytda 17 yoshda boʻlgan George Dobson toʻgʻridan-toʻgʻri klubning U21 jamoasiga kiritilgan va 2015—2016-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasi tarkibida tez-tez maydonga tushib turgan. „Arsenal“ klubida Dobson markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. George Dobson bolaligidan „West Ham United“ futbol klubiga muxlislik qilgan va bu 2015-yilda klubga qoʻshilish qarorida yordam bergan[4].
2016-yilning 29-iyunida Dobson Birinchi liga vakili „Walsall“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilish uchun shartnoma imzoladi[5]. George Dobson EFL kubogidagi ilk oʻyinini oʻz uyida „Yeovil Town“ futbol klubini 2:0 hisobida magʻlub etgan uchrashuvda oʻtkazdi[6].
2017-yilning 16-iyulida Dobson „Sparta Rotterdam“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi[7]. George Dobson 2017—2018-yilgi yanvar oyi transfer oynasida ikki yarim yillik shartnoma asosida „Walsall“ futbol klubiga qayta qoʻshildi[8].
2019-yil 25-iyulda Dobson „Sunderland“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9]. U „Sunderland“ klubi safidagi ilk golini 2019-yilning 28-avgustida „Burnley“ klubiga qarshi EFL kubogi bahsida kiritdi[10].
George Dobson 2021-yilning 1-iyulida „Charlton Athletic“ futbol klubiga oʻtdi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[11].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
West Ham United | 2015—2016 | Premer liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
2016—2017 | Premer liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Walsall (ijara) | 2016—2017 | Birinchi liga | 21 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 26 | 1 |
Sparta Rotterdam | 2017—2018 | Eredivisie | 5 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 5 | 0 | |
Jong Sparta | 2017—2018 | Tweede Divisie | 6 | 1 | — | — | — | 6 | 1 | |||
Walsall | 2017—2018 | Birinchi liga | 21 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 21 | 1 |
2018—2019 | Birinchi liga | 39 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 44 | 0 | |
Jami | 81 | 2 | 3 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | 91 | 2 | ||
Sunderland | 2019—2020 | Birinchi liga | 29 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 | 2 | 0 | 35 | 1 |
2020—2021 | Birinchi liga | 5 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 1 | 11 | 1 | |
Jami | 34 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 | 6 | 1 | 46 | 2 | ||
AFC Wimbledon (ijara) | 2020—2021 | Birinchi liga | 24 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 1 |
Charlton Athletic | 2021—2022 | Birinchi liga | 38 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 43 | 1 |
2022—2023 | Birinchi liga | 18 | 1 | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 22 | 1 | |
Jami | 56 | 2 | 3 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 65 | 2 | ||
Jami | 206 | 6 | 7 | 0 | 12 | 1 | 12 | 1 | 237 | 8 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Notification of shirt numbers: Sunderland“. English Football League. Qaraldi: 15-oktabr 2019-yil.
- ↑ Report. „Reader's Corner: In defence of George Dobson“ (inglizcha). Roker Report (18-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 28-aprel 2021-yil.
- ↑ „Old Brentwood football star George Dobson set for Dutch challenge“ (inglizcha). www.schoolsearch.co.uk. Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Hammers complete Dobson signing“. WHUFC.com.
- ↑ „George Dobson: West Ham send teenage midfielder to Walsall on season-long loan“. BBC Sport.
- ↑ „Walsall 0-2 Yeovil Town (AET)“. BBC Sport.
- ↑ „George Dobson leaves club for Sparta Rotterdam“. WHUFC.com.
- ↑ „George Dobson: Walsall re-sign ex-West Ham midfielder from Sparta Rotterdam“. BBC Sport (3-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Sunderland sign midfielder Dobson“. BBC Sport.
- ↑ „Burnley 1-3 Sunderland“. BBC (28-avgust 2019-yil). Qaraldi: 28-avgust 2019-yil.
- ↑ „DONE DEAL: Combative midfielder George Dobson signs for the Addicks“. Charlton Athletic Official Site (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.