Kontent qismiga oʻtish

Georgiy Chiganov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Georgiy Ivanovich Chiganov (1925.24.8, Qozogʻiston, Kalenoye qishlogʻi) — grafik rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Kitobjurnal grafikasi va dastgoh grafikasida ijod qilgan Ch. ijodiga lirizm, yorqinlik xos; asarlarida inson kayfiyati bilan tabiatning hamohangligi yetakchilik qiladi. Kitob grafikasida E. Mejelaytisning "Inson", P. Hamzatovning "Yuksak yulduzlar", Navoiyning "Saddi Iskandariy" va boshqa asarlarni badiiy bezagan. Oʻzbekistonning tarixi va hayotini umumlashtiruvchi "Oʻzbekistonning yoshligi" linogravyuralar turkumini; akvaredda "Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari boʻylab", "Boysun", "Shohimardon", "Baxmal qoʻshiklari", "Xiva", "Toshkent tongi" kabi asarlar turkumini yaratdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil