Kontent qismiga oʻtish

Georgiy Orlov (partiya rahbari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Georgiy Mixaylovich Orlov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1921-yil 29-aprel
Оʻsh shahri
Vafoti 2001-yil 9-noyabr (80 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Georgiy Mixaylovich Orlov (1921-2001) - Sovet iqtisodiy, davlat va siyosat arbobi.

1921-yilda Oʻsh shahrida tugʻilgan. 1943-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) a’zosi hisoblangan.

Iqtisodchi Orlov Ulugʻ vatan urushi qatnashchisi. U 1946—1986-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishlarda faoliyat olib borgan. Jumladan:

  • Toshkent viloyati komsomol komiteti instruktori;
  • Kotib;
  • Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komiteti boʻlim mudiri;
  • Sektor mudiri;
  • Oʻzbekiston KP MK (Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi) kotibi yordamchisi, boʻlim mudiri;
  • KPSS Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasi;
  • Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti tashkiliy-partiya ishlari boʻlimi mudiri;
  • Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Georgiy Orlov 2001-yilda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[1].

  1. „Место захоронения“. 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.