Kontent qismiga oʻtish

Geosiyosiy kuch

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Geosiyosiy kuch- davlatlar yoki harbiy-siyosiy bloklarning harbiy, demografik, moddiy, hududiy, va ma'naviy zahiralarining umumlashgan birligi. Geosiyosiy kuch, birinchi navbatda, mamlakatning harbiy kuchi va armiyasining soni, yadro va boshqa ommaviy qirgʻin quroliga egaligi hamda ularning miqdori bilan oʻlchanadi. Ikkinchidan, davlatning iqtisodiy kuchi- yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish, inson omili rivojining indeks lari, aholisining soni, uning xarid va ishlab chiqarish qobiliyati kabilar bilan oʻlchanadi. Ayni chogʻda davlat hududining kattaligi, harbiy xavfsizlik masalasini hal etgani, energetika xavfsizligi, strategik tranzit imkonlariga va jahonga chiqish yoʻlaklariga egaligi ham davlatning kuchini belgilaydigan omillardandir. Davlatning kuchi tasnifida uning dengiz qudrati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatning tabiiy-geografik harakteristikasi, harbiy-dengiz va savdo kemalarining soni va kuchi, sohil infrastrukturasining ahvoli va shu kabilar dengiz kuchini tashkil etadi. Bundan tashqari, harbiy texnologiyaning hozirgi darajasi dengiz kuchini quruqlik va strategik harbiy-havo kuchlari bilan bogʻliq ravishda rivojlantirishni talab etadi. Hozirgi raketalar, suv osti kemalari texnologiyalari, ularning jahonning istalgan bir nuqtasidagi harbiy, siyosiy, iqtisodiy nishonlarga zarba berish imkoniyatlari geosiyosiy tushunchalar va yo'nalishlarni tubdan oʻzgartirib yubordi. Davlatning innovatsiya yoʻli bilan rivojlanish salohiyati va axborot zahiralariga egaligi ham geosiyosiy kuch oʻlchovlaridan biridir.

[1]

  1. Geosiyosat, s. 450.

×Ali Xasanov=. Geosiyosat. Toshkent: Tamaddun, 2016 — 450-bet.