Kontent qismiga oʻtish

Geotermal resurslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geotermal resurslar - Yer qaʼri issiqligi zaxirasi. Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha qizigan quruq togʻ jinslari) resurslarga boʻlinadi. G. r.ning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilgʻi-energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100— 150° gacha boʻlgani) va elektr quvvati i.ch.da (150° dan 300° gachasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQSH (Kaliforniya), Yangi Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, Rossiya Federatsiyasi (Gʻarbiy Sibir, Shimoliy Saxalin)da]. Oʻzbekistonda Fargʻonada artezian iliqsuv havzalari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil