Kontent qismiga oʻtish

Geray Asadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Geray Asadov
Gəray Lətif oğlu Əsədov
Tavalludi
Geray Latif o'g'li Asadov

1923-yil
Vafoti 1944-yil 12-oktyabr
Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROzarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Unvoni
Mukofotlari

Geray Latif oʻgʻli Asadov (ozarbayjoncha: Gəray Lətif oğlu Əsədov; 1923-yil Karyagin tumanida tavallud topgan – 1944-yil 12-oktyabr Ruminiyada vafot etgan) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni[1].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yilda Ozarbayjon Respublikasining hozirgi Beylagan (1989-yilgacha – Jdanovskiy) tumanidagi Shohsevan qishlogʻida tugʻilgan. Millati ozarbayjon. Maktabni tugatgandan soʻng kolxozda ishlagan.

1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqiriladi va shu yilning iyun oyidan frontda xizmat qila boshlagan. Ukraina va Moldovani ozod qilish uchun janglarida qatnashgan.

1944-yil 6-oktyabrda Vlaxa qishlogʻi uchun boʻlgan jangda (Ruminiyaning Kluj shahridan 10 km janubi-gʻarbda) Geray Asadov va uning otryadi dushman joylashgan joyga bostirib kirdi va granatalar bilan 10 dan ortiq fashistlarni yoʻq qilishdi. Ushbu jangda koʻrsatgan jasorati uchun Asadov Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. 1944-yil 12-oktyabr kuni Margita shahri uchun boʻlgan jangda Asadov qoʻmondonligidagi bir guruh jangchilar koʻchalardan birida qirqta fashistga toʻqnash keldi[2].

Geray Asadov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi buyrugʻi bilan qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda gvardiyaning fashist bosqinchilari bilan janglarda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun serjant Asadov Geray Latif oʻgʻli vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni taqdirlangan. Beylagan shahridagi koʻchaga (1989-yilgacha – Jdanovsk) Geray Asadov nomi berilgan.

  1. „Geray Asadov biografiyasi“.
  2. „Асадов Герай Лятиф оглы“ (deadlink). Военно-исторический сайт САВАШ. 2010-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-fevral.