Kontent qismiga oʻtish

Germaniya — Moʻgʻuliston munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Germaniya va Moʻgʻuliston davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Germaniya, sariq rangda Moʻgʻuliston koʻrsatilgan.

Germaniya — Moʻgʻuliston munosabatlari Germaniya va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga ishora qiladi. Tarixan, Moʻgʻuliston Xalq Respublikasi Germaniya Demokratik Respublikasi bilan yaqin aloqada boʻlib, bugungi kungacha saqlanib qolgan[1]. Moʻgʻuliston 1974-yilda Germaniya Federativ Respublikasi bilan aloqalar oʻrnatgan[2]. Sovuq urush davrida koʻplab grantlar va katta miqdordagi iqtisodiy yordamlar tufayli nemis madaniyati bugungi kunda ham Moʻgʻulistonda mustahkam oʻrnashgan . 30 000 ga yaqin moʻgʻullar hali ham nemis tilida gaplashadi.  Germaniya, shuningdek, Moʻgʻulistonning Yevropa Ittifoqidagi Buyuk Britaniyadan keyin eng muhim savdo sherigi boʻlib, ikki tomonlama savdo hajmi 126 million yevroni tashkil etadi[3]

Mamlakatni taqqoslash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Germaniya Germaniya Moʻgʻuliston Moʻgʻuliston
Bayroq
Gerb
Aholisi 83,695,430 million 3,227,863 million
Aholi zichligi 232/km2 2.07/km2
Hududi 357,022 km² 1,564,116 km²
Poytaxti Berlin Ulan-Bator
Hukumat Federal parlament respublikasi Unitar yarim prezidentlik respublikasi
Rasmiy tili Nemis tili Mo'g'ul tili
Pul birligi Yevro Tugrik
YaIM (nominal) 4.031 trillion dollar 13.7 miliard dollar
Hozirgi davlat rahbari Prezident Frank-Walter Steinmeier Prezident Ukhnaagiin Khürelsükh
Inson taraqqiyoti indeksi 0.942 0.727
Xalqaro qoʻngʻiroq kodi +49 +976

Nemis va moʻgʻul xalqlari oʻrtasidagi eng dastlabki aloqa 1241-yilda Legnitsa jangi paytida sodir boʻlgani aytiladi. Baydar boshchiligidagi moʻgʻullar polyaklar, moraviyaliklar va nemislarning birlashgan qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonishgan, ammo moʻgʻullar koʻp oʻtmay Vengriyaga chekinishgan[4].

Keyingi uchrashuv 1776-yilda Piter Simon Pallas oʻzining „Moʻgʻul xalqlari haqidagi tarixiy maʼlumotlar toʻplami“ asarini nashr etgunga qadar sodir boʻlmadi. Keyingi oʻn yilliklarda Moʻgʻuliston va uning madaniyatiga oid boshqa asarlar turli yozuvchilar tomonidan nashr etildi

Moʻgʻuliston 1911-yilda mustaqilligini eʼlon qilgandan soʻng, Sankt-Peterburgdagi vakili orqali Germaniya bilan aloqalarni oʻrnatish boʻyicha yakuni muvaffaqiyatsiz tashabbuslarni amalga oshirgan[5]. 1921-yilda oʻsha paytdagi Niislel-Chyuree (hozirgi Ulan-Bator) hududida birinchi nemis-moʻgʻul savdo kompaniyasi tashkil etilgan. Bu jarayonda nemis ishbilarmonlari Moʻgʻulistonda birinchi tijorat boʻlimlarini ochdilar. Biroz vaqt oʻtgach, diplomatlar eʼtiborini Moʻgʻulistonga qaratdi. Keyingi yillarda Mongoliyaga asosan nemis mashinalari eksport qilindi. 1921-yilgi Moʻgʻuliston inqilobidan keyin Moʻgʻuliston Xalq partiyasi Germaniya bilan iqtisodiy aloqalarni oʻrnatishni ustuvor vazifa qilib qoʻydi va 1927-yilda 50 nafar moʻgʻul talabalarining birinchi guruhi, jumladan, zamonaviy moʻgʻul adabiyotining asoschisi Dashdorjiin Natsagdorj taʼlim uchun Germaniya va Fransiyaga yuborildi. Xuddi shu yili nemis savdogarlariga qarshi josuslik ayblovlari tufayli nemis-moʻgʻul munosabatlari juda keskinlashdi. Bu, asosan, nemislarni salbiy kapitalistik taʼsir sifatida koʻrgan Moʻgʻulistonda stalinizmning tarqalishi bilan bogʻliq. 1930-yilga kelib barcha nemis savdogarlari Moʻgʻulistondan chiqib ketishdi.

Sharqiy Germaniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yilgacha nemis davlatlari bilan Moʻgʻuliston oʻrtasida diplomatik aloqalar boʻlmagan. Moʻgʻuliston va Sharqiy Germaniya bilan 1950-yil 13-aprelda aloqalarni oʻrnatgan[6]. Ikki davlat oʻrtasidagi yaqin aloqalar, birinchi navbatda, Germaniyadagi moʻgʻul talabalari uchun iqtisodiy yordam va stipendiyalar orqali ifodalangan. GDR mavjud boʻlgan davrda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida ikki tomonning koʻplab davlat tashriflari amalga oshirildi. Shunday qilib, GDR Moʻgʻulistonning Yevropadagi eng muhim hamkoriga aylandi. Davlatlar oʻrtasida quyidagi oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi.

Yil Shaxs Idora Joy
1955-yil Otto Grotevol Sharqiy Germaniya Vazirlar Kengashi raisi Ulan-Bator
1957-yil Yumjaagiin Tsedenbal Moʻgʻuliston Xalq partiyasi Bosh kotibi Berlin
1960-yil Geynrix Rau Tashqi savdo va nemislararo savdo vaziri Ulan-Bator
1968-yil Villi Stop Sharqiy Germaniya Vazirlar Kengashi raisi Ulan-Bator
1969-yil Yumjaagiin Tsedenbal Moʻgʻuliston Xalq partiyasi Bosh kotibi Berlin
1973-yil Erich Xonekker Germaniya Sotsialistik birlik partiyasi Bosh kotibi Ulan-Bator
1977-yil Yumjaagiin Tsedenbal Moʻgʻuliston Xalq partiyasi Bosh kotibi Berlin
1989-yil Jambin Batmonx Moʻgʻuliston Xalq partiyasi Bosh kotibi Berlin

1989-yilda Myunxenda Moʻgʻuliston muzeylaridan „Moʻgʻul otliq xalqining sanʼati va madaniyati“ga bagʻishlangan 300 ga yaqin eksponatlar tashkil etilgan[7].

Gʻarbiy Germaniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻgʻuliston-Gʻarbiy Germaniya aloqalari 1974-yil 31-yanvarda oʻrnatilgan[6][8][9].

Iqtisodiyot, taʼlim va fan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki davlat oʻrtasidagi savdo aloqalari 1955-yilda GDR Bosh vaziri Otto Grotevolning tashrifi natijasida oʻrnatilgan. Bular, birinchi navbatda, Germaniya Demokratik Respublikasining rivojlanish yordamiga asoslangan edi. Natijada 1960—1984-yillarda koʻplab turli zavodlar, jumladan, gugurt zavodi, gilam fabrikasi va goʻsht kombinati qurildi. GDR va Moʻgʻuliston ham togʻ-kon sanoati sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, 1968-yil noyabr oyida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha qoʻmita tashkil etildi. 1973-yil sentyabr oyida maktab va universitet darajalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida kelishib olindi.

Post-kommunistik davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya qayta birlashganidan beri Germaniya va Moʻgʻulistonning turli yuqori martabali siyosatchilari va delegatsiyalari tomonidan koʻplab tashriflar amalga oshirilgan. Quyida 1990-yildan beri eng muhim davlat tashriflari roʻyxati keltirilgan:[10]

Yil Shaxs Idora Joy
1990-yil sentyabr Regierungsdelegation Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi delegatsiyasi Ulan-Bator
1991-yil iyun Tserenpil Gombosuren[11] Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri Berlin
1991-yil sentyabr Diter-Yulius Kronenberg Germaniya Bundestagi vitse-prezidenti Ulan-Bator
1992-yil fevral Dashiin Byambasüren Moʻgʻuliston Bosh vaziri Berlin
1992-yil avgust Karl-Diter Spranger Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vaziri Berlin
1993-yil yanvar Natsagiin Bagabandi Moʻgʻuliston parlamenti spikeri Berlin
1994-yil noyabr Lkhamsuren Enebish Bosh vazir oʻrinbosari Berlin
1994-yil dekabr Chojisuren Purevdorj Bosh vazir oʻrinbosari Berlin
1995-yil iyul Burkhard Xirsh Germaniya Bundestagi vitse-prezidenti Ulan-Bator
1995-yil sentyabr Punsalmaagiin Ochirbat Mongoliya prezidenti Berlin
1996-yil fevral Chojisuren Purevdorj Bosh vazir oʻrinbosari Berlin
1996-yil sentyabr Klaus Kinkel Federal tashqi ishlar vaziri Ulan-Bator
1996-yil oktyabr Radnaasumberel Gonchigdorj Moʻgʻuliston parlamenti spikeri Berlin
1997-yil sentyabr Shukher Altangerel Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri Berlin
2000-yil Natsagiin Bagabandi Moʻgʻuliston Prezidenti Berlin
2011-yil Angela Merkel Germaniya kansleri Ulan-Bator
2012-yil Tsaxiagiin Elbegdorj Moʻgʻuliston Prezidenti Berlin
2015-yil Tsaxiagiin Elbegdorj Moʻgʻuliston Prezidenti Berlin

Madaniy aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yil may oyidan iyun oyigacha Ulan-Batorda Piter Truxart rahbarligida nemis-moʻgʻul aralash madaniyat komissiyasi yigʻildi[12]. 1997-yil 16-sentabrda Germaniya va Moʻgʻuliston oʻrtasida madaniy almashinuv va hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolangan[13].

1994-yil 22-avgustda Germaniya va Moʻgʻuliston oʻrtasida Germaniya va Moʻgʻuliston fuqarolarini ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish maqsadida ikki tomonlama soliq toʻlash toʻgʻrisidagi bitim imzolangan[14]. Oradan bir yil oʻtib, 1995-yil oktabr oyida ikki davlat oʻrtasida moliyaviy hamkorlik shartnomasi imzolandi. 1998-yil mart oyida Germaniya Bundestagining Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish qoʻmitasi delegatsiyasi Moʻgʻulistonga safar qildi.

Savdo aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya Buyuk Britaniya bilan birgalikda Moʻgʻulistonning Yevropa Ittifoqidagi asosiy savdo sherigi hisoblanadi, ammo 2020-yil 31-yanvar kuni Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqini tark etdi[1]. 2015-yilda Moʻgʻuliston Berlin xalqaro turizm birjasining rasmiy hamkori boʻlgan.

2010-yilgi Moʻgʻuliston milliy roʻyxatida 3852 nafar Moʻgʻuliston fuqarosi Germaniyada yashab kelgan[15].

  1. 1,0 1,1 „Mongolia“. Federal Foreign Office. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
  2. „Germany and Mongolia: 40 years of close partnership“ (en). German Federal Foreign Office. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
  3. Federal Tashqi ishlar vazirligi: Moʻgʻuliston va Germaniya oʻrtasidagi munosabatlar, 2015-yil avgust holatiga koʻra, 2016-yil 27-yanvarda olingan
  4. Bettina Ehlers: Kompendium der deutsch-mongolischen Beziehungen (Hamburg 2000, S. 40, siehe Literatur)
  5. Sanders, Alan. Historical Dictionary of Mongolia, 1996 — 368-bet. ISBN 9781538102275. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust. 
  6. 6,0 6,1 „Улс төрийн харилцаа“. Монгол улсаас Герман улсад суугаа элчих сайдын яам. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
  7. Prause, Gerbard, Reich der Reiter. Die hohe Kultur eines alten Volkes, Die Zeit vom 13. Oktober 1989, abgerufen am 27. Januar 2016.
  8. „ХХI зууны Монгол-Германы харилцааг гэрэлтэй, өөдрөгөөр төсөөлдөг“. mass.mn. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  9. „Монгол, Германы дипломат харилцааны 40 жилийн ойд зориулсан арга хэмжээ болов“ (mn). www.mglnews.mn. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  10. „МОНГОЛ УЛСААС ХОЛБООНЫ БҮГД НАЙРАМДАХ ГЕРМАН УЛСАД СУУГАА ЭЛЧИН САЙДЫН ЯАМ, EMBASSY OF MONGOLIA IN THE FEDERAL REPUBLIC OF GERMANY“. berlin.embassy.mn. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  11. Der mongolische Außenminister Tserenpil Gombosuren wurde vom Präsident der Industrie- und Handelskammer der Mongolei Sed-Ochir Bayarbaatar begleitet (Bettina Ehlers: Kompendium der deutsch-mongolischen Beziehungen, Hamburg 2000, vgl. S. 43, siehe Literatur)
  12. Bundesanzeiger: „Bekanntmachung des deutsch-mongolischen Abkommens über kulturelle Zusammenarbeit vom 29. Juli 1998“. 2016-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun., abgerufen am 27. Januar 2016
  13. Bundesanzeiger: „Bekanntmachung des deutsch-mongolischen Abkommens über kulturelle Zusammenarbeit vom 29. Juli 1998“. 2016-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun., abgerufen am 27. Januar 2016
  14. Internationales Steuerrecht — Doppelbesteuerungsabkommen Mongolei, abgerufen am 27. Januar 2016
  15. „ХҮН АМ, ОРОН СУУЦНЫ 2010 ОНЫ УЛСЫН ТООЛЛОГЫН ҮР ДҮН“. National Statistics Office of Mongolia. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.