Kontent qismiga oʻtish

Germaniya — Qatar munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Germaniya— Qatar munosabatlari

Germaniya

Qatar

Germaniya — Qatar munosabatlari Germaniya va Qatar oʻrtasida 1973-yilda oʻrnatilgan ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir[1].

Diplomatik missiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Qatar Berlinda elchixonasini ochdi[2]. 2017-yilda Saud bin Abdulrahmon Ol Tani Qatarning Germaniyadagi elchisi boʻldi[3]. Germaniyaning Dohada elchixonasi bor, uni 2017-yildan beri Hans-Udo Muzel boshqarib keladi[4].

Diplomatik tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Tani Germaniyaga tashrif buyurdi, bu Qatar rahbarining ushbu mamlakatga birinchi rasmiy tashrifi boʻlgan. 2001-yilda Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Yoxannes Rau Qatarga, 2002-yilda Quyi Saksoniya Bosh vaziri Zigmar Gabriel bu davlatga davlat tashrifi bilan keldi. 2005-yilda Gerxard Shreder Qatarga rasmiy tashrif bilan kelgan birinchi Germaniya kansleri bo‘ldi. Tashrif davomida tomonlar xavfsizlik shartnomasini imzoladilar[5].

2017-yil sentabr oyida Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Tani Germaniyaga davlat tashrifi bilan bo‘lib, u yerda kansler Angela Merkel bilan Qatardagi diplomatik inqiroz yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Angela Merkel diplomatik inqiroz va muammoning tez yechimi yoʻqligidan jiddiy xavotir bildirdi[6].

Diplomatik aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil avgust oyida Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vaziri Gerd Myuller Qatar IShID jangarilarini moliyalashtirayotganini daʼvo qilgan edi[7]. Germaniya hukumati Gerd Myuller aytganidan afsusda ekanligini va Qatar bilan hech qanday tushunmovchilik bo‘lishini istamasligini izohladi[8]. Germaniya vazir Myullerning bayonotiga izoh bergan kunning ertasiga Qatar rasmiylari IShID harakatlarini qoraladi va bu guruhga hech qanday mablag‘ ajratmayotganini eʼlon qildi[9].

Qatar diplomatik inqirozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 6-iyun kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan tashkil etilgan Qatarga boykotni qoraladi[10]. 2017-yil iyul oyida Zigmar Gabriel blokada ishtirokchilarini Qatarning suveren davlat sifatidagi huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi va diplomatik inqiroz sharoitida qatarliklarning ehtiyotkor xatti-harakatlarini olqishladi [11] .

2017-yilning 5-iyulida Qatar hukumati munosabatlardagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Germaniya razvedka xizmatlariga terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish bo‘yicha ularda mavjud bo‘lgan deyarli barcha maʼlumotlarni taqdim etishga rozi bo‘ldi[12].

Harbiy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil aprel oyida Qatar Germaniyaning Krauss-Maffei Wegmann mudofaa kompaniyasi bilan 62 ta Leopard 2 tanki uchun 2,5 milliard dollarlik shartnoma imzoladi[13]. 2016-yilning oktyabriga kelib, tanklarning qariyb yarmi Qatarga yetkazib berildi[14].

Biznes va investitsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar Germaniyaning eng mashhur kompaniyalariga, jumladan, Volkswagen, Siemens va Deutsche Bank[15] ga yirik sarmoya kiritdi.

2000-yilda Germaniya-Qatar biznes-forumi, 2007-yilda ikki davlat o‘rtasida qo‘shma iqtisodiy komissiya tashkil etildi. 2015-yilda Qatar tashqi savdosining 7,3 foizi Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qatarning Germaniyaga asosiy eksporti suyultirilgan gaz hisoblanadi[16]. Germaniyaning Qatarga asosiy eksporti avtomobillar va mexanizmlardir[17].

Sanʼat va madaniyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Qatarda Qatar muzeylar boshqarmasi tashabbusi bilan mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Germaniya madaniyati yili bo‘lib o‘tdi. Birinchi qoʻshma tadbir Germaniya dirijyori David Niemann boshchiligidagi Qatar filarmonik orkestrining chiqishlari boʻldi. Ular Qatar opera teatrida german va qatar musiqalarini ijro etishdi[18].

  1. Ayman Adly. „FM hails deep-rooted ties between Qatar, Germany“. Gulf Times (2014-yil 1-iyun). 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  2. „Contact“. Embassy of Qatar in Germany. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  3. „Qatar Ambassador to Germany Stresses Need to Lifting the Siege, Then Dialogue to Resolve Gulf Crisis“. Ministry of Foreign Affairs (Qatar) (2017-yil 22-iyun). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  4. „Der Botschafter und die Referate der Botschaft“ (German). German Embassy Doha. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  5. Jeremias Kettner. „Germany and the Qatar Crisis“. International Institute for Middle East and Balkan Studies (2017-yil 24-iyun). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  6. „Qatar emir meets Merkel, Macron on first foreign tour since crisis“. France 24 (2017-yil 15-sentyabr). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
  7. „German minister accuses Qatar of funding Islamic State fighters“. Reuters (2014-yil 20-avgust). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  8. „Germany ‘regrets’ minister’s claim on Qatar ISIS funding“. Al Arabiya (2017-yil 22-avgust). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  9. „Qatar condemns Islamic State and rejects funding accusations“. Reuters (2017-yil 23-avgust). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  10. „Foreign Minister Supports Qatar, Bashes Trump“. Handelsblatt Global (2017-yil 6-iyun). 2017-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  11. „German FM: Qatar's sovereignty must be respected“. Al Jazeera (2017-yil 4-iyul). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  12. „Qatar ‘open’ to German intel in effort to clear up Arab states’ accusations“. Russia Today (2017-yil 6-iyul). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  13. „German tank producer secures huge order from Qatar“. Deutsche Welle (2013-yil 18-aprel). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  14. Christopher F Foss. „Qatar takes delivery of Leopard 2A7+ MBTs“. Jane's 360 (2016-yil 27-oktyabr). 2016-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  15. Christopher Cermak. „Qatar Looks for Leverage“. Handelsblatt Global (2017-yil 25-mart). 2017-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  16. Denise Marray. „Germany and Qatar — powerful trading partners“. Gulf Times (2015-yil 21-aprel). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  17. „Qatar“. German Federal Foreign Office. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  18. „Exciting start to Qatar-Germany 2017 Year of Culture“. The Peninsula (2017-yil 2-fevral). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.