Germaniya Demokratik Respublikasi madhiyasi
Germaniya Demokratik Respublikasi madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Johannes Becher |
---|---|
Bastakor | Hanns Eisler |
Qabul qilindi | 1949-yil 14-noyabr |
Bekor qilindi | 1990-yil 3-oktyabr |
Auferstanden aus Ruinen (inglizcha: „Risen from Ruins“, literal: 'Resurrected out of Ruins') nemis vatanparvarlik qoʻshigʻi boʻlib, 1949-yildan 1990-yilgacha Sharqiy Germaniyaning davlat madhiyasi boʻlgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yilda Ittifoqchilar tomonidan bosib olingan Germaniyaning Sovet istilo zonasi „Germaniya Demokratik Respublikasi“ (GDR) nomi ostida sotsialistik davlatga aylandi. Yangi paydo boʻlgan davlatning milliy madhiyasi uchun soʻzlarni keyinchalik Sharqiy Germaniya madaniyat vaziri boʻlgan shoir Johannes Becher yozgan. Ikki musiqachi Ottmar Gerster va Hanns Eisler Becherning soʻzlariga musiqa taklif qilishdi va Hanns Eisler versiyasi tanlab olindi[1].
1949-yilda yozilgan Sharqiy Germaniya milliy madhiyasi nemislarning boʻlinishini dastlabki bosqichlarini aks ettiradi, bunda ishgʻol zonalarini birlashtirish yoʻlidagi davom etayotgan taraqqiyot koʻpchilik nemislar tomonidan oʻrinli va tabiiy deb hisoblangan. Binobarin, Johannes Becher lirikasi „birlik“ning bir qancha maʼnolarini uygʻunlashtiradi va ularni „ota yurt“ (einig Vaterland) yaʼni butun Germaniya bilan birlashtiradi. Biroq, bu konsepsiya tez orada rivojlana boshlagan Sovuq urush kontekstiga toʻgʻri kelmadi. Ayniqsa, 1961-yilda Sharqiy Germaniya hukumati tomonidan Berlin devori qurilganidan keyin, umumiy maqsadda boʻlinish yuz berdi.
1973-yil sentyabr oyida Sharqiy va Gʻarbiy Germaniya bir vaqtning oʻzida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi, ikki hukumat oʻrtasidagi muzokaralar natijasida bir-birini tan olish darajasiga erishildi. Keyinchalik Sharqiy Germaniya konstitutsiyasidan Germaniya atamasi olib tashlandi va rasmiy marosimlarda faqat davlat madhiyasi kuylandi[2].
„Auferstanden aus Ruinen“ Germaniya Demokratik Respublikasi tarqatib yuborilgach milliy madhiya maqomini yoʻqotdi. 1841-yilda yaratilgan „Deutschlandlied“ birlashgan davlat madhiyasiga aylandi[3].
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nemis tilida | Inglizcha tarjima | Poetik tarjima |
---|---|---|
1. Auferstanden aus Ruinen |
1. Risen from the ruins |
1. From the ruins risen newly, |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „East Germany (GDR) – Auferstanden aus Ruinen“. NationalAnthems.me. Qaraldi: 2011-yil 2-noyabr.
- ↑ Hymne der DDR at LeMO (Wayback Machine saytida 5 July 2009 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Neuer Vorschlag: "Auferstanden aus Ruinen" in Nationalhymne?“. Rheinische Post (2010-yil 21-avgust). 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.