Kontent qismiga oʻtish

Gerontopsixologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gerontopsixologiya (yun. geron —qari, keksa va psixologiya) —gerontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va feʼlining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi. Garchi olimlar kishilarda keksayish tufayli paydo boʻladigan ruhiy xususiyat va oʻzgarishlarga avvaldan qiziqib kelsalarda, G. alohida fan sohasi sifatida 20-asrning 2-yarmidagina shakllana boshladi. Uning vujudga kelishiga ijtimoiy omillar: keksalar sonining koʻpayishi, ularning ish layoqati va turmush sharoiti masalalari sabab boʻldi. G. qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning hatti-harakatlari, feʼlining psixologik xususiyatlari oʻrtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va b. omillar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni oʻrganadi. G.ning umumiy vazifasi —kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil