Gersh-Leyb Kajber
Gersh-Leyb Kajber | |
---|---|
Tavalludi |
1906 Kajba, Bessarabiya |
Vafoti |
1942 Samarqand, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Fuqaroligi | Moldova |
Sohasi | Yozuvchi |
Ersh-Leyb Kajber (idishcha: הערש-לײב קאַזשבער, haqiqiy ismi Vaynshteyn; 1906, Kajba, Bessarabiya viloyati, Bălţi tumani – 1942, Samarqand) – bessarabiyalik yahudiy yozuvchi, adabiyotshunos, oʻqituvchi. U oʻz asarlarini idish tilida yozgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ersh-Leyb Kajber (Vaynshteyn) 1906-yilda (boshqa manbalarga koʻra, 1910-yilda) Bessarabiyaning Kajba qishlogʻida (hozirgi Moldovaning Glodyanskiy tumani) kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan[1]. Baxtsiz hodisa natijasida u bolaligidan oqsoqlanib qolgan. U Baltidagi Ruminiya gimnaziyasini tamomlagan va keyinchalik Bund homiyligidagi „Morgn-reut“ („Tong shafaq“) uyushmasi maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan[2]. 1930-yillarda Kishinyovda yashagan.
U oʻzining ilk qoralamalarini „Chernovitser Blater“ (Chernovtsi varaqalari) gazetasida Kajber adabiy taxallusi bilan (yaʼni „asli Kajba qishlogʻidan“ boʻlganligi sababli) chiqara boshlagan. „Literarish Blater“ (Adabiy varaqalar) gazetasida esa hikoyalar va tanqidiy maqolalarni chop etdi. Noshir Yankl Yakir bilan birgalikda u 1931-yili Kishinyovda „Onzog“ (Eʼlon) jurnaliga asos soldi. Ushbu jurnal tez orada Buxarestdagi „Jung-Rumenye“ (yosh ruminlar) uyushmasiga qoʻshilgan bir guruh yosh Bessarabiyalik yozuvchilarning asosiy markazi boʻldi. „Onzog“ jurnalida birinchi boʻlib Yankev Sternberg va Shloime Bikl oʻz ishlarini nashr ettirgan. Yakir va Kajberdan tashqari shoir Gerzl Geysiner (keyinchalik Rivkin) „Onzog“ jurnali rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshgan. Keyinchalik jurnal faoliyati rivojlanmaganligi sababli tugatilgan.
Kajberning yagona kitobi „Davlat gimnaziyasi“ 1937-yilda Chernivtsi shahrida nashr etilgan. Sighet jurnalida „Ufgang“ hikoyasi nashr etilgan. 1942—1943-yil qishda Samarqandda, evakuatsiya paytida Kajber ochlikdan vafot etdi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Абрам Самойлов «Местечко юности моей» (стр. 41)“. 2012-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-aprel.
- ↑ „Шулим Судит «Герш-Лейб Кажбер (Вайнштейн)»“. 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
- ↑ „ליטערארישע בלעטער, 29 October 1937“. 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- אָנזאָג: צײַטשריפֿט פֿאַר ליטעראַטור, קונסט און צײַטפֿראַגן (онзог: цайтшрифт фар литэратур, кунст ун цайтфрагн — анонс: периодическое издание по литературе, искусству и насущным проблемам), под редакцией Г. Гайсинера, Г. Вайнштейна и Я. Якира, издательство «Техник» — Кишинёв: М. Дектор, 1931.
- קאַזיאָנע גימנאַזיִע (казёнэ гимназие — казённая гимназия). Черновицы: Библиотэк Э. Штейнбарг, 1937.