Kontent qismiga oʻtish

George Gershwin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gershvin Jorjdan yoʻnaltirildi)
George Gershwin
Tavalludi 26-sentyabr 1898[1]
Vafoti 11-iyul 1937[2][1]
Fuqaroligi AQSh
Otasi Morris Gershwine
Onasi Rose Bruskina

George Gershwin (1898.26.9, Nyu-York -1937.11.7, Beverli-Xils, Kaliforniya) —amerika kompozitori va pianinochi. Milliy opera asoschisi, simfonik jaz uslubining namoyandasi. 25 yoshida estrada musiqasi (jaz qoʻshiqlari, myuzikl, revyu) ustasi sifatida butun Amerika va Yevropada tanilgan. Keyinchalik simfonik va konsert musiqasi, opera janriga murojaat etib, oʻziga xos uslub yaratgan. Unda jaz, amerika folklori (blyuz, regtaym, spirichuel), musiqiy estrada ohanglari bilan Yevropa kompozitorlik ijodiyoti shakllari uygʻunlashgan. 300 ga yaqin qoʻshiq, bir nechta myuzikl, konsert, simfonik va fortepiano asarlari, kinofilmlarga musiqalar yozgan. "Blyuz uslubida rapsodiya"si (1924), "Porgi va Bess" operasi (1935) mashhur boʻlib, ikkalasi ham Oʻzbekistonda ijro etilmoqda.

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil