Kontent qismiga oʻtish

Geterakidoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geterakidoz —parrandalarda Heterakidae oilasiga mansub nematodalar qoʻzgatadigan surunkali invazion kasallik. Tovuqlar G. (Heterakis gallinarum) koʻp uchraydi. Nematodalar, asosan, parrandalarning koʻrichagida parazitlik qilib tuxum qoʻyadi, tuxumi tashqi muhitga tezak bilan chiqarib tashlanadi. Parrandalar esa invazion davriga yetgan nematoda lichinkalarini suv yoki ozuqa bilan yutib kasallanadi. Nematodalar parranda organizmida 10—12 oy parazitlik qiladi. G. bilan kasallangan tovuqning hazm faoliyati buziladi, ichi ketadi, oriqlaydi, tuxum qilishi kamayadi. Joʻjalar oʻsmaydi, hatto, oʻladi. Tashhis najasni tekshirish, koʻrichakda gelmintlarni topish orqali qoʻyiladi.

Davosi: parrandalarga fenotiazin, fenotiazinga qoʻshib nilverm beriladi. Oldini olish : joʻjalar tovuqlardan ajratib boqiladi, tovuqxonalar tez-tez tozalanadi, degelmintizatsiya oʻtkaziladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil