Geterogoniya
Geterogamiya (getero... va yun. gone, goneia — tugʻilish, avlod qoldirish) — hayvonlarda nasl almashinish shakllaridan biri. G. faqat jinsiy naslning bir-biri bilan almashinuvidan iborat boʻlib, jinsiy va jinssiz nasl almashinuvi — metagenezdan farq qiladi. G. faqat umurtqasiz hayvonlar (yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, bosh aylangichlilar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) uchun xos. G.ning 3 xil shakli mavjud: 1) ayrim jinsli naslning germafrodit nasl bilan almashinuvi (mas, toʻgarak chuvalchanglar); 2) ayrim jinsli naslning partenogenetik (urugʻlanmagan tuxumdan koʻpayadigan) nasl bilan almashinuvi. Oʻsimlik shiralarida bir necha partenogenetik tirik tugʻuvchi naslidan soʻng kuzda 2 jinsli (urgʻochi va erkak) nasli paydo boʻladi. Bu nasl urugʻlangan, qishlab qoladigan tuxum beradi. Bahorda bunday tuxumlardan yana partenogenetik tirik tugib koʻpayadigan hasharotlar chiqadi; 3) tuzilishi bilan farq qiladigan jinsiy nasllarning gallanishi (mas., bir-biridan mavsumiy rangi bilan far k, qiladigan kapalaklar paydo boʻlishi).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |