Kontent qismiga oʻtish

Geteroxromatin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geteroxromatin (getero... va xromatin) — hujayra sikli davomida xromatinnit kondensirlangan (zich taxlangan) qismlari. G. mitozdavrida euxromatinga nisbatan jadal boʻyaladi va yorugʻlik mikroskopida hatto interfaza davrida ham koʻrinadi. G. genetik jihatdan inertligi va oʻzida deyarli genlarni saqlamasligi toʻgʻrisida taxminlar mavjud. G.li qismlar xromosoma boʻylab tarqalgan boʻlib, odatda sentromerata yaqin joylashadi. G. haqiqiy va fakultativ boʻladi. Haqiqiy G. hujayralarning interfaza davrida ham oʻz holatini saqlovchi xromosoma uchastkasidir; fakultativ G. esa hujayra siklining maʼlum bir bosqichida faol boʻladi. G. koʻpchilik hayvonlarning ayniqsa jinsiy xromosomalari uchun xosdir. G.ni sunʼiy yoʻl bilan (mas, past harorat taʼsirida) olish mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil