Kontent qismiga oʻtish

Geterozigota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geterozigota (getero... va zigota) — organizmning gomologik xromosomalarida biror gen har xil allellarining mavjudligi. Tajribalarda geterozigota har xil allellar boʻyicha gomozigotalarni chatishtirish orqali olinadi. Duragaylar nasli muayyan gen boʻyicha geterozigotalik boʻlib qoladi. Baʼzi genlar allellari faqat geterozigotali holida mavjud boʻlishi mumkin (resessiv letal mutatsiyalar, dominant mutatsiyalarning ham resessiv letal natijaga olib kelishi). Odamlarda taxminan 20% genlar geterozigota holida boʻladi. Irsiy kasalliklar keltirib chiqaradigan resessiv allellar boʻyicha geterozigotalikni (yaʼni mazkur kasallik tashuvchilarni) aniqlash tibbiyot genetikasining asosiy muammosi hisoblanadi. Koʻp allelizmda geterozigota oʻrniga kompound (inglizcha: „compound“ — murakkab) tushunchasi ishlatiladi. Geterozigota termini xromosomalar qayta qurilishi uchun ham qoʻllanadi (mas, inversiya, translokatsiya yoki b. boʻyicha geterozigota).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil