Ghibli muzeyi
Ghibli muzeyi (yaponcha: 三鷹の森ジブリ美術館, Mitaka no Mori Jiburi Bijutsukan, Ghibli Mitaka oʻrmon muzeyi) — Yaponiyaning Studio Ghibli animatsion studiyasi tomonidan yaratilgan anime personajlarini namoyish qiluvchi muzey. Poytaxt Tokio gʻarbida joylashgan Mitaka tumanining Inokashira bogʻida barpo etilgan. Muzey bolalar uchun moʻljallangan, texnologiyaga oid hamda tasviriy san'at bilan bogʻliq boʻlimlar birmalshmasidan iborat.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzey qurilishiga oid rejalar 1998-yilda, qurilish ishlari esa 2000-yil mart oyida boshlangan. Qurilish tugagach, 2001-yil 1-oktyabr sanasida rasman oʻz faoliyatini boshlagan[1].
Studio Ghibli rahbari Hayao Miyazaki muzey dizayni ustida oʻzi shaxsan ish olib borgan. Muzey dizaynida oʻzi tomondan ishlangan chizmalardan foydalangan. Dizayn yaratilishiga Italiyadagi Calcata qishlogʻi kabi Yevropa meʼmorchiligi taʼsirini koʻrsatganligi sezilib turadi. Muzeyning ichki qismida temirdan qurilgan ichki va tashqi spiral zinapoyalar, ichki koʻpriklar va binoning balandligi boʻylab choʻzilgan dahlizlar mavjud. Zinapoyalar koʻrgazmalarga, borsa kelmas yoʻllar va koʻpriklarga olib boradi[2]. Bu xususiyatlar Miyazaki filmida aks ettirilgan manzaralarni real hayotda ham gavdalantirish uchun moʻljallangan[3]. Miyazakining maqsadi muzey binosini koʻrgazmaning bir qismiga aylantirish edi[4].
Muzeyning ichki qismida surat va videotasvirga olish taqiqlangan[3]. Hayao Miyazakining maqsadi ham odamlar muzeyni oʻz koʻzlari va quloqlari bilan koʻrishlari hisoblanadi. Muzey shiori — „Keling birga gʻoyib boʻlamiz“. Muallif ushbu dargohga tashrif buyuruvchi kishilarni uning tasavvurlar olamiga shoʻngʻishlarini xohlaydi[3][5].
2020-yilning fevral oyida muzey COVID-19 pandemiyasi tufayli vaqtincha yopilishga toʻgʻri kelgan[6][7]. Muzey keyinchalik ,Mitaka aholisi uchun faqatiyul oyidan boshlab oʻz faoliyatini vaqtinchalik boshladi va sentyabr oyida toʻliq ishga tushirildi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Miyazaki, Hayao. Starting Point 1979–1996. Viz Media, 2009 — 446–447-bet. ISBN 978-1-4215-0594-7.
- ↑ Michael. „Studio Ghibli: Celebrating Japanese Animation“. theaustralian.com.au. The Australian. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Museo d'Arte Ghibli. „The official site of Ghibli Museum, Mitaka in Japan - This is the Kind of Museum I Want to Make!“. ghibli-museum.jp. Qaraldi: 2015-yil 3-iyun.
- ↑ Isao Takahata, Goro Miyazaki. 宮崎駿とジブリ美術館 (Hayao Miyazaki and Ghibli Museum). BVHE Japan.
- ↑ Huang. „'The Continuing Allure of Hayao Miyazaki': Celebrating Japanese Pop Culture“. The Stanford Daily. The Stanford Daily (2015-yil 24-aprel). Qaraldi: 2015-yil 6-may.
- ↑ „Notice - Ghibli Museum, Mitaka“.
- ↑ „Sanrio Puroland and Ghibli Museum closing temporarily due to Covid-19“.
- ↑ Imada. „Ghibli Museum demonstrates its new safety measures ahead of September reopening“. Time Out Tokyo. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.