Ghosted

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ghosted

Rasmiy nashr afishasi
Rejissyor(lar) Dexter Fletcher
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Hikoya
  • Rhett Reese
  • Paul Wernick
Rollarda
  • Chris Evans
  • Ana de Armas
Bastakor(lar) Lorne Balfe
Kinematografiya Salvatore Totino
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor Apple TV+
Chiqarilgan sanasi
  • 21-aprel, 2023-yil(2023-04-21)
Davomiyligi 116 daqiqa
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari
Til inglizcha

Ghosted – 2023-yilda Dekster Fletcher rejissyorligida suratga olingan, Rhett Reese, Paul Wernick, Chris McKenna va Erik Sommerslar tomonidan yozilgan Reese va Wernick hikoyasidan olingan AQSh romantik sarguzashtli komediya filmi[1]. Filmda bosh rollarni Chris Evans va Ana de Armas ijro etishgan.

Apple Studios va Skydance media tomonidan suratga olingan ushbu film Apple TV+ tomonidan 2023-yil 21-aprel kuni ekranlarga chiqarildi. Tanqidchilar tomonidan salbiy fikrlar olishiga qaramay, u Apple TV + ning eng koʻp koʻrilgan filmlaridan biri boʻldi.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vashingtondagi fermerlar bozorida Sadie sotuvchi Cole bilan tanishib qoladi. Ular Sadiening uyida kechasi birga vaqt oʻtkazishadi va Cole uyga qaytib, Sadiega xabar yozadi. Ammo uning yozgan xabarlari javobsiz qoladi. Oradan vaqt oʻtib Cole Sadieni Londonga ketganidan xabar topadi va uni hayron qoldirish uchun uning yoniga borishga qaror qiladi.

Londonda Cole „Taxman“ deb ataluvchi qurol savdogarlari tomonidan Pokistonga oʻgʻirlab ketiladi. Ular Coleni Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy josusi deb oʻylab, hasharotlar bilan azob chektirib, maxfiy kodni olishga urinishayotganda Sadie uni qutqaradi.

Qoʻshni shaharga yetib borganda, Cole va Sadie bir-biriga yolgʻon gapirganlari haqida bahslashadilar, soʻng Sadiening eski hamkori va sobiq sevgilisi Markoning oldiga borishadi. Sadie Colega aslida u Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy josusi ekanligini, unga munosabatlar emas, berilgan topshiriqlar muhimroq ekanligini aytadi. Leveque (Aztec kodini qidirayotgan jinoyatchi) ularni topib boradi. Marko oʻladi, Sadie bilan Cole qoʻchichga ulgurib qolishadi.

Cole Sadiega ushbu topshiriqni bajarishda yordam berishga qaror qilganini aytadi. Ular puxta reja tuzib, Levequeni oʻldirishadi va Aztecni saqlab qolishadi. Bu ishda Cole oxirigacha Sadiening yonida boʻladi.

Film soʻngida ular turmush qurishadi va Sadie Cole va uning oilasi bilan qishloqda yashay boshlaydi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga olish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil avgust oyida Chris Evans va Scarlett Johansson ssenaristlar Paul Wernick va Rhett Reese tomonidan Skydance Mediada Dexter Fletcher rejissyorligidagi „Ghosted“ filmida suratga tushish boʻyicha muzokaralarga kirishdilar[2][3]. 2021-yilning dekabrida Johansson film rejalashtirish jarayonidagi ziddiyatlar tufayli tark etishga majbur boʻldi, bu esa uning oʻrniga Ana de Armasni tanlashiga sabab boʻldi[4]. 2022-yil fevral oyida Adrien Brody aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[5]. Mike Moh, Amy Sedaris, Tim Blake Nelson va Tate Donovanlar mart oyida tarkibga qabul qilinishdi[6].

Asosiy suratga olish 2022-yilning fevralidan mayigacha[7][8] asosan Vashingtonda Jorjiya shtatidagi Tallulah Gorge davlat bogʻidagi Tallula sharsharasi koʻlida, Shimoliy Park maydoni, Marietta, Tomas Jefferson va Jorjtaundagi 31-koʻcha oʻrtasidagi Chesapeake va Ogayo kanali, Linkoln kitob minorasi, Ford teatri va Kennedi nomidagi sahna sanʼati markazida boʻlib oʻtdi[9]. Xayber dovoni togʻlaridagi sahnalar Nyu-Meksikada, Pokistonning Mingora shahri esa Atlantada suratga olingan[9].

Ekranlarga chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film ilk marotaba 2023-yil 21-aprel kuni Apple TV+ orqali namoyish etildi[10]. Samba TV tadqiqot guruhining maʼlumotlariga koʻra, Ghosted filmi birinchi ikki kun ichida 328 500 tomoshabinni jalb qildi va bu tarixda eng koʻp koʻrilgan film sifatida tan olindi. Shuningdek film, Apple TV + tarixidagi eng koʻp koʻrilgan film debutori hisoblanadi[11].

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotten Tomatoes veb-saytida 118 tanqidchilarning fikrlari 25 foizi ijobiy, oʻrtacha reytingi 4,2/10 ga teng. Tekshirilgan oʻrtacha qiymatdan foydalangan Metacritic filmga 29 tanqidchiga asoslanib, 100 balldan 34 ball berdi, bu „umumiy ravishda salbiy“ fikrlarni koʻrsatadi.

BBC Online-da yozilgan maqolada Nicholas Barber „Shanba kuni kechasi hamma uyda boʻlganda Ghosted filmi butun oila birga koʻrishga rozi boʻladigan, aniqlik bilan ishlab chiqilgan takrorlanmas sahnalarga boyligini aytadi“[12].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

mukofot / Film festivali Marosim sanasi Kategoriya Qabul qiluvchi (lar) Ref.
Oltin Raspberry mukofotlari 2024-yil 9-mart Eng yomon aktyor Chris Evans [13]
Eng yomon aktrisa Ana de Armas
Eng yomon ekran juftligi Ana de Armas va Chris Evans

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ghosted. Writers Guild of America West (2022-yil 5-oktyabr). 2022-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  2. Fleming. „Apple, Skydance Reuniting Marvel Superhero Stalwarts Scarlett Johansson & Chris Evans In Dexter Fletcher-Directed Ghosted. Deadline Hollywood (2021-yil 29-avgust). 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  3. Kit. „Chris Evans, Scarlett Johansson to Star in Adventure Movie Ghosted for Apple“. The Hollywood Reporter (2021-yil 30-avgust). 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  4. Fleming. „Ana De Armas In, Scarlett Johansson Exits Apple's Chris Evans-Starrer Ghosted; Skydance Producing“. Deadline Hollywood (2021-yil 3-dekabr). 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  5. Kroll. „Adrien Brody Joins Chris Evans In Apple And Skydance's Ghosted From Director Dexter Fletcher“. Deadline Hollywood (2022-yil 9-fevral). 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  6. Kroll. „Mike Moh, Amy Sedaris, Tim Blake Nelson And Tate Donovan Join Chris Evans In Apple And Skydance's Ghosted. Deadline Hollywood (2022-yil 9-mart). 2022-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  7. Kasule. „Apple drama Ghosted starring Chris Evans to shoot in Atlanta and Washington DC“. Kemps Film and TV Production Services Handbook (2022-yil 12-yanvar). 2022-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  8. Remley, Hilary. „'Ghosted' Wraps Filming, Chris Evans Posts Behind-the-Scenes Image“. Collider (2022-yil 13-may). 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  9. 9,0 9,1 „Where was Ghosted filmed? The Restaurant & all the Locations“. Atlas of Wonders (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
  10. MacCary. Ghosted Trailer: Chris Evans Flies to London for Ana de Armas in Romantic Spy Thriller“. Variety (2023-yil 6-mart). 2023-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  11. D'Alessandro. „Chris Evans & Ana de Armas Skydance Spy Action Pic Ghosted Most Watched Debut In Apple TV+.“. Deadline Hollywood (2023-yil 26-aprel). Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  12. Barber. „Ghosted: The films 'too bad for the cinema'“. BBC Online (2023-yil 5-may). Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  13. „Razzie Noms 2024: Chris Evans and Jennifer Lopez Up for Worst Actors; ‘Shazam 2’ and ‘Ant-Man 3’ Tie With 4 Nods“ (en-US). Variety (2024-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 22-yanvar.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]