Giada Abate
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Giada Abate | ||
Tavallud sanasi | 6-mart 2003-yil | ||
Tavallud joyi | Genuya, Italiya[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi[2] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Genoa | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2014–2019 | Genoa | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019– | Genoa | 90 | (5) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2018–2019 | Italiya U16 | 15 | (1) |
2019 | Italiya U17 | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (13 october 2024[3] uchun) |
Giada Abate 2003-yil 6-martda tugʻilgan italiyalik futbolchi boʻlib, u hozirda Italiya B seriyasida faoliyat yuritayotgan „Genoa Women“ jamoasining yarim himoyachisi hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abate 2019-yilda katta ayollar futbol jamoasi tashkil etilganidan beri „Jenoa“ tarkibida oʻynab kelmoqda[4]. U boshidan beri jamoa sardori vazifasida oʻynab kelmoqda[5].
2019—2020-yilda „Jenoa“ Italiya C Seriyasiga aʼzo boʻlmagani sababli D Seriyada ishtirok etgan. Bu yerda „Jenoa“ COVID-19 pandemiyasi tufayli musobaqa toʻxtatilgunga qadar oʻtkazilgan 10 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan va qolgan 4 ta oʻyinni oʻtkazmasdan avtomatik tarzda yuqori ligaga koʻtarilgan[6].
2020—2021 va 2021—2022-yilgi mavsumda Giada C seriyada oʻynab, 52 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[7][8]. Keyinchalik, „Jenoa“ 2022-yilning yozida B Seriyada ishtirok etayotgan „Kortfranka“ ayollar jamoasining sport huquqlarini sotib olgan va shu tariqa 2022—2023-yilgi B Seriyaga roʻyxatdan oʻtish imkoniga ega boʻlgan. B seriyada Giada 2022-yil oktyabridan 2023-yil martgacha 20 ta oʻyinda qatnashgan. 2023-yilning 12-martida „Latsio“ga qarshi oʻyinda Giada tizzasining xochsimon bogʻlamidan jarohat olgan[9][10].
Abate 371 kun davomida maydondan chetda qolgan va nihoyat, 2024-yil 17-martda „Tavanyakko“ga qarshi 4:1 hisobida gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinda zaxiradan tushgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Giada Italiyaning barcha yosh terma jamoalarida oʻynagan. 2018-yilda Abate U16 terma jamoasi bilan dastlabki 9 ta oʻrtoqlik uchrashuvda ishtirok etgan (shulardan toʻrttasi Friuli-Venezia Giuliya viloyatida oʻtkazilgan „Torneo delle Nazioni“ turnirida boʻlib, unda Italiya 4-oʻrinni egallagan). 2019-yilda esa yana 6 ta oʻyinda maydonga tushgan (toʻrttasi „Torneo delle Nazioni“ turnirida, unda Giada Makedoniyaga qarshi oʻyinda jamoaga sardorlik qilgan va milliy terma jamoada yagona golini kiritgan).
2019-yil yozida Abate U17 terma jamoasida oʻynashni boshlagan. U Serbiyaga qarshi ikki oʻrtoqlik uchrashuvda debyut qilgan va keyinchalik 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi 2020-yilgi UEFA chempionati saralash bosqichida yana uch oʻyinda ishtirok etgan. Biroq, turnir COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan[11][12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Le Nazionali Under 17 chiamano, il Genoa risponde: convocati due ragazzi e due ragazze“. pianetagenoa1893.net. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Giada Abate“. soccerway.com. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Giada Abate“. flashscore.com. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Ecco Giada Abate, fiore all’occhiello del Genoa femminile“. pianetagenoa1893.net. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Qualificazioni Europeo Femminile Under 17: Giada Abate in campo in Italia-Irlanda del Nord 4-0“. pianetagenoa1893.net. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
- ↑ „Risultati Femminile Dilettanti Eccellenza - Girone A - Liguria - 2019-20“. www.tuttocampo.it. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ „Scheda Giocatore G7623031 - Genoa Cricket & F.C. - Femminile Serie C Girone A Italia - 2020-21“. www.tuttocampo.it. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ „Scheda Genoa Women - Femminile Serie C Girone A Italia - 2021-22“. www.tuttocampo.it. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ Redazione „Genoa Femminile verso l'acquisizione del titolo sportivo del Cortefranca“ (it-IT). Buon Calcio a Tutti (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
- ↑ „Rosa Genoa Women - Femminile Serie B Girone Unico Italia - 2022-23“. www.tuttocampo.it. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ „Torneo delle Nazioni femminile: convocata Giada Abate“. pianetagenoa1893.net. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
- ↑ „Due convocati rossoblù nelle nazionali giovanili: Giada Abate e Oliver Verona“. pianetagenoa1893.net. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.