Kontent qismiga oʻtish

Gibbs paradoksi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gibbs paradoksi (klassik mexanikada) — bir xil gaz holati oʻzgarganda ham sistema enyaroliyasining oʻzgarmay qolishi. Bir-biridan toʻsiq bilan ajratilgan idishdagi gazlar aralashtirilganda ularning har biri kengayib, idishning butun hajmiga tarqaladi. Bunda sistemaning entropiyasi ortadi, chunki qaytmas jarayon sodir boʻladi. Vaholanki, gaz bir xil boʻlsa, toʻsiqni olib tashlaganda sistemaning holati umuman oʻzgarmaydi va sistema entropiyasi ham oʻzgarmaydi. Klassik mexanika asosida qilingan hisob ana shunday natijaga olib keladi. Kvant statistikadagi zarralarning ayniylik prinsipi G. p.ni hal qildi, yaʼni bir xil gazlar aralashganda entropiyaning oʻzgarmasligini isbotladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil