Gibli studiosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gibli Studiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gibli Studiyasi, Inc. (yaponcha: 株式会社スタジオジブ, Hepburn: Kabushiki gaisha Sutajio Jiburi) – Tokioning Koganei shahrida joylashgan yapon animatsion studiosidir. Bu studiya animatsiya sanoatida pesh qadamlardan biri va oʻz tajribasida qisqa hikoyalar, televizion reklamalar va telefilm kabi turli media formatlarini sinab koʻrgan. Studiya tomoshabinlar orasida katta shuhratga ega. Studiya 1988-yilda suratga olingan „Mening qo‘shnim Totoro“ anime filmidagi yenot it(tanuki) ruhi Totoro obrazi bilan mashhur. Studiyaning eng yuqori daromad keltirgan filmlari orasida " Spirited Away " (2001), „Howl's Moving Castle“ (2004) va „Ponyo“ (2008) filmlari bor. Gibli Studiyasi 1985-yil 15-iyunda rejissyorlar Hayao Miyazaki va Isao Takahata va prodyuser Toshio Suzuki tomonidan Topcraft aktivlarini sotib olgandan soʻng tashkil etilgan. Studiya, shuningdek, bir nechta video oʻyinlarni vizual rivojlantirish boʻyicha video oʻyinlar studiyalari bilan birgalikda ishlagan.

Studiyaning beshta filmi Yaponiyada suratga olingan eng koʻp daromad keltirgan oʻnta badiiy film qatoriga kiradi. ‘’Spirited Away’’ ikkinchi oʻrinni egallab, Yaponiyaning oʻzida 31,68 milliard iyen va butun dunyo boʻylab 380 million AQSH dollaridan ortiq daromad keltirgan. ‘’Malika Mononoke""’’ esa 20,18 milliard iyen yigʻib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan. "Malika Mononoke" 1998 yilda yilning eng yaxshi yapon filmi nominatsiyasida g‘olib chiqqan birinchi animatsion film bo‘ldi. Ularning koʻplab asarlari „Animage Gran-pri“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Toʻrt nafari Yaponiya akademiyasining yil animatsiyasi boʻyicha mukofotini qoʻlga kiritgan. Ularning beshta filmi Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan. „Spirited Away“ filmi 2002-yilda „Golden Bear“ va 2003-yilda „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasida „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

2014-yil 3-avgustda,Gibli Studiya Miyazaki nafaqaga chiqqanidan keyin faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi. 2017-yil fevral oyida Suzuki Miyazaki oʻz taʼtili yakunini eʼlon qilgan holda, yangi badiiy film, „The Boy and the Heron“ (2023) bilan qaytdi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]