Gidradenoma
Qiyofa
Gidradenoma — ter bezlaridan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Koʻproq xotin-qizlarda uchraydi. Qovoqda, boʻyinda, koʻkrakning yon va old tomonida paydo boʻladi. Kichik, baʼzan noʻxatdek, tuxumsimon yoki dumaloq, qizgʻish-sariqdan sariq-qoʻngʻir ranggacha, qattiqroq boʻladi, normal teri sathidan deyarli koʻtarilmaydi, soʻrilib ketmaydi, xavfli oʻsmaga ham aylanmaydi. Jarroxlik yoʻli bilan olib tashlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |