Kontent qismiga oʻtish

Gidravlik dvigatel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidravlik dvigatel - suyuqlikning mexanik energiyasini yetakchi zveno (val, shtok)ning mexanik energiyasiga aylantiruvchi mashina. Ishlash tarziga kura dinamik (gidravlik turbina, suv gʻildiragi) va hajmiy (gidrotsilindr) xillari bor. Dinamik gidravlik dvigatelda yetaklanuvchi zveno suyuqlik oqimining harakat miqdori momenti oʻzgarishi hisobiga siljiydi va faqat aylanma harakat qiladi. Hajmiy gidravlik dvigatelda uning ish organi suyuklikning gidrostatik bosimidan harakatlanadi; uning yetaklanuvchi zvenosi chegaralangan ilgarilanma-kaytma yoki ilgarilanma-burilma harakat ham (gidrotsilindrlarda), chegaralanmagan aylanma harakat ham (gidromonitorlarda) kilishi mumkin. Gidravlik dvigatel ish qismining tuzilishiga koʻra porshenli va rotorli turlarga boʻlinadi. Porshenli gidravlik dvigatelda ish kamerasi qoʻzgʻalmas boʻlib, siqib chiqaruvchi qismi ilgarilanma-qaytma harakat qiladi; rotorli gidravlik dvigatelda ish kamerasi siljiydi, siqib chiqaruvchi qismi harakat qiladi. gidravlik dvigatelning aksial rotorporshenli turi keng tarqalgan. Hajmiy gidravlik dvigatel mashinalarning gidravlik yuritmalarida qoʻllanadi. Ish suyuqpigining bosimi 35 Mn/m2 (350 kg kuch/sm2). Quvvati 3000 kVt boʻlgan gidromonitorlar ishlab chiqariladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil