Gidravlik taran
Gidravlik taran - gidravlik zarba taʼsirida bosim hosil boʻladigan suv koʻtarish qurilmasi. Ya, balandlikdagi manba 1 dan quvur 2 boʻylab tushayotgan suv zarba klapani 4 orqali tashqariga chiqadi. Tushayotgan suv chiqayotganida koʻp boʻlgani uchun quvur 2 da bosim oshib, zarba klapani yopiladi, natijada quvurda gidravlik zarb hosil boʻladi. Zarb kuchi taʼsirida bosim klapani 5 ochilib, suv bosim qalpogʻi 6 ga koʻtariladi. Bunda zarb kuchi kamaygach, klapan 4 yana ochilib, haydash klapani yopiladi. Bu jarayon har 0,5—2 sek.da takrorlanib,bosim qalpogʻidan havo siqila boradi (dinamik bosim oshadi) va suvni quvur 7 orqali N2 balandlikdagi idish 8 ga haydaydi. Ventillar 3 yopilganda G. t. ishdan toʻxtaydi. Suvning koʻtarilish balandligini 50 m dan oshirish mumkin. G. t.ni suv zaxirasi isteʼmol qilinadigan miqdordan ancha ortiq boʻladigan va qurilmani manba 1 sathidan past joylashtirish imkoniyati bor boʻlgan joylarda ishlatish mumkin. G. t. qishloq xoʻjaligi, kichik qurilishlarni suv bilan taʼminlash va b.da keng tarqalgan. G. t.ning ish unumi past, ammo uning harajati uskunaning soddaligi, tuzilishi va juda oddiy ishlashi hisobiga qoplanib ketadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |