Gidremiya
Qiyofa
Gidremiya (gidro... va yun. haima — qon) — qonning suyulishi, unda suv miqdorining koʻpayishi. Biror sababga koʻra organizmda suv-tuz almashinuvining oʻzgarishi yoki buzilishi natijasida yuzaga keladi. Organizmga suyuqlik koʻp kirganda qon suyulishi bilan birga u mumiy hajmi ham oshadi. Kompensator (koʻp qon yoʻqotganda), patologik (yurak yetishmovchiligi, operatsiyadan keyingi holat va b.) hamda fiziologik (chaqaloqlarda koʻproq kuzatiladi) turlari tafovut qilinadi. Glomerulo-nefrit, nefroz, anuriya kabi kasalliklarda, shish qaytganda, assit kamayganda, shuningdek anemiya bilan xlorozda bir qadar turgʻun G. kuzatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |