Kontent qismiga oʻtish

Gidroftalm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidroftalm (gidro... va yun. ophthalmos —koʻz) —bolalardagi tugʻma glaukomatsa koʻz ichi bosimining ortishi sababli koʻz soqqasining choʻzilishi va kattalashuvi. Koʻz muguz pardasining diametri kattalashadi, choʻzilgan sklera koʻkimtir rangda boʻladi. Koʻruv nervi atrofiyasi rivojlanishi sababli koʻrish yomonlashadi. Jarrohlik usuli bilan davolaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil