Kontent qismiga oʻtish

Gidrogenerator

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gidrogenerator sxemasi

Gidrogenerator (gidro... va generator) — gidravlik turbina yordamida aylanma harakatga keltiriladigan sinxron generator. Rotori gidroturbina ish gʻildiragi oʻqiga birlashtiriladi. Aylanish oʻqining joylashishiga qarab, Gidrogeneratorning vertikal va gorizontal xillari; aylanish chastotasiga qarab, sekin (100 ayl/min.gacha) va tez (100 ayl/min.

dan yuqori) aylanadigan xillari, hosil qilinadigan quvvatiga qarab, kam (50 Mvt gacha), oʻrtacha (50— 150 MVt) va katta (150 MVt dan yuqori) quvvatli xillari bor. Sekin aylanuvchi kuchli Gidrogeneratorning aylanish oʻqi vertikal, tez aylanuvchi Gidrogenerator (kovshli gidroturbinali)larniki esa gorizontal boʻladi. Gidrogeneratorlar daryolarning topologik va geologik xususiyatlarini eʼtiborga olib, tez aylanuvchi koʻpchilik Gidrogeneratorning oʻqdari vertikal oʻrnatiladi. Gidrogeneratorlarni konstrukiiyalashda va montaj qilishda gidroagregat aylanuvchi kismlarining mahkamlanishiga va rotor hamda stator chulgʻamlarini sovitishga alohida eʼtibor beriladi. Gidrogeneratorni uygʻotishda, odatda, volga oʻrnatilgan yordamchi oʻzgarmas tok generatoridan, baʼzi hollarda toʻgʻrilagichli sinxron generatordan foydalaniladi. Normal foydalaniladigan Gidrogeneratorning kuchlanishni generatsiyalash diapazoni 8,8 dan 18 kV gacha, quvvat koeffitsiyenta (soir)—0,8—0,95. Tez aylanuvchi Gidrogeneratorning f.i.k. 97,5-98,8; sekin aylanuvchilariniki — 96,3-97,5.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil