Kontent qismiga oʻtish

Gidroizolyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidroizolyatsiya (gidro... va frans. isolation — ajratish) — qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlarni suv va b. agressiv (yemiruvchi) suyuqliklar taʼsiridan, shuningdek inshootlarni suv yuvib ketishidan, filtrlanishidan himoya qilish. Gidroizolyatsiyaishlari bino, inshoot va uskunalardan normal foydalanishni taʼminlaydi hamda ularning puxtaligini, koʻpga chidamliligini oshiradi. Gidroizolyatsiyabajariladigan ish tarziga koʻra — filtrlanishga qarshi, korroziyaga qarshi xillarga; ishlatiladigan asosiy material turiga koʻra — bitumli, plastmassali, mineral va metall qoplamaning qoplanishiga koʻra — boʻyaladigan, suvaladigan, yelimlanadigan, quyiladigan, shimdiriladigan, inʼyeksiyalanadigan, toʻqma xillarga; asosiy vazifasi va konstruktiv xususiyatiga koʻra — yuzaki qoplanadigan G., "qisilishga ishlaydigan" va "ajralishga ishlaydigan" gidroizolyatsiyaxillarga boʻlinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil