Kontent qismiga oʻtish

Gidrologik rejim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrologik rejim -suv manbai (daryo, koʻl va b.) xolatining ular suv toʻplaydigan havzaning tabiiy geografik xususiyatlari, birinchi navbatda iqlim sharoiti taʼsirida vaqt boʻyicha qonuniyatli oʻzgarishi. G.r. suv sathi, suv sarfi (oqim rejimi), suv temperaturasi rejimi, muzlash hodisalari (muzlar rejimi), loyqa oqiziqlar (oqiziqlar rejimi), suvda erigan moddalar, oʻzan holati kabi G.r. elementlarining kunlik, oylik, mavsumiy, yillik va koʻp yillik oʻzgarishlari tarzida namoyon buladi. Suv manbaining turiga bogʻliq holda daryo, koʻl, yer osti suvlari, botqoqliklar, muzliklar G.r.lari farqlanadi. Hoz. kunda suv manbalarining tabiiy G.r. inson xoʻjalik faoliyati taʼsiri (kanallar, suv omborlari qurilishi) natijasida oʻzgargan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil