Gidrometriya
Qiyofa
Gidrometriya (gidro... va metriya) —gidrologiya fanining oʻlchov qismi. Suv obʼyektlarining gidrologik rejimi elementlari, suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati, muzlanish hodisalari, suv yuzasining nishabligi va b. oʻlchash, kuzatish usullari va asboblarni ishlab chiqish hamda ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shugʻullanadi.
Qaysi suv turi oʻrganilishiga qarab, gidrometriya atmosfera suvlari gidrometriyasi —gidrometeorologiya, yer usti suvlari gidrometriyasi — amaliy okeanografiya va daryo gidrometriyasiga, yer osti suvlari gidrometriyasiga hamda sugʻorish tizimlaridan foydalanish jarayonida rivojlangan gidrometriyaning muhim sohasi — amaliy gidrometriyaga boʻlinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |