Kontent qismiga oʻtish

Gidromodul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidromodul (yun. hydor —suv, lot. modulus — oʻlchov) — muayyan vaqt davomida 1 ga ekinini sugʻorishga sarflanadigan oʻrtacha suv miqdori. T.(q) 1 ga yerga l/sek hisobida ifodalanadi. Sugʻoriladigan dala Gidromodul—bevosita sugʻoriladigan paykalga berilgan suvning oʻrtacha miqdorini bildiradi.

Sugʻorish tarmogʻidagi suv sarfini topish uchun barcha suv berish Gidromodullari aniqlanadi va sugʻorish tarmogʻining ish jadvali rejasi yoki sistemaning suvdan foydalanish rejasi tuziladi. Jadvalda har bir ekinga alohida suv berish Gidromodulining kattaligi koʻrsatiladi. Bu jadval maʼlumotlari asosida vertikal oʻq boʻyicha q ning, gorizontal oʻq boʻyicha qiymatlari belgilanib, Gidromodul grafigi chiziladi. Grafikni tartibga solish yoki toʻldirish uchun har bir ekin koʻtaradigan chegaralarda suv berish davri davomiyligi oʻzgartiriladi; baʼzida esa sugorish normasi saqlangan holda suv berish normasi oʻzgartiriladi. Gʻalla-gʻoʻza-beda almashlab ekish ekinlari uchun Gidromodul nettoning taxminiy koʻrsatkichlari qishloq xoʻjaligi ekinlari grunt suvlari namidan foydalanmaydigan sharoitlarda Oʻrta Osiyo mintaqalarida 1 ga uchun maksimal Gidromodul netto 1,05—0,8 l/s (jan. rayonlarda koʻproq, shim. rayonlarda kamroq).

Masharip Baqoyev.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil