Gidromonitor
Gidromonitor (gidro... va monitor) —katta bosimli suv oqimi hosil qiladigan va uni zarur joyga yoʻnaltiradigan apparat. Konlarda koʻmir va togʻ jinslarini yemirish va tashish uchun; qishloq xoʻjaligida lavlagi, kartoshka va b.ni loydan tozalash uchun ishlatiladi. Katta bosimli suv G. stvolidan otilib chiqqan paytda teskari kuch paydo boʻlmasligi uchun quvurdan keladigan yuqori bosimli suv ikki yonga barobar ajralib, soʻngra yana birlashadigan quvurlar yordamida G.ga beriladi. G. vazifasiga koʻra, ochiq joylarda, yer ostida ishlatiladigan va maxsus; ish tarziga qarab, oʻyadigan va yuvadigan xillarga; vujudga keltiradigan bosimi boʻyicha yuqori bosimli va past bosimli apparatlarga boʻlinadi. G.lar qoʻl yordamida va uzokdan boshqariladigan gidravlik uzatmali qilib ishlab chiqariladi. Uzokdan boshqariladigan oʻziyurar G. ayniqsa keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |