Gidroxinon
Gidroxinon (1,4 digidroksibenzol), paradioksibenzol, C6H4(OH)2 — organik birikma, ikki atomli fenol, rangsiz kristall modda. Mol. m. 110,11. Suyuqlanish temperaturasi 173,8—174,8° (barkaror a-modifika-siya), 169° (beqaror u-modifikatsiya), qaynash temperaturasi 285—287°. Zichligi 1,36 g/sm3 (a-modifikatsiya), 1,325 g/sm3 (u-modifikatsiya). Issiq suv, spirt, efirda yaxshi, benzolda yomon eriydi. Gidroxinonning suvdagi eritmasi havoda oksidlanadi va qoʻngʻir tusga kiradi, ishqoriy muhitda oksidlanishi tezlashadi. Oksidlanganda xingidron va paraxinon hosil boʻladi. Gidroxinon kuchli qaytaruvchi boʻlganligi sababli feling eritmasini sovuqda qaytara oladi. Gidroxinonni birinchi marta 1844 yil nemis kimyogari F. Vyoler xinondan olgan. Sanoatda gidroxinon quyidagi usullarda: 1) anilin sulfatni MpO2 yoki N2SgO4 ishtirokida para-benzoxi-nongacha oksidlab temir kukunining suvdagi aralashmasi bilan NaHgO3 ishtirokida kaytarib; 2) fenolni 900° da 70% li N2O2 bilan, 75% li N3RO4 yoki 65% li NSYU4 ishtirokida gidroksillab; 3) 1,4diizopropilbenzolni havo kislorodi bilan oksidlab va bisgidroperoksidni kislotali muhitda gidroxinon va atsetongacha gidrolizlab; 4) fenol va atseton taʼsir ettirib va hosil boʻlgan 4-izopropil-fenolni kislotali muhitda N2O2 bilan gidroxinon va atsetongacha oksidlab olinadi. Lab. sharoitida gidroxinon parabenzoxinonni SO2 ning suvdagi eritmasida kaytarish usuli bilan olinadi. Gidroxinon fotografiyada, antioksidant, organik boʻyoqlar sanoatida yarim xom ashyo sifatida va analitik kimyoda turli elementlar hamda birikmalarni aniqlashda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |