Gifu
Qiyofa
Gifu — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o.ning oʻrta qismida, Nagara daryosi sohilida. Gifu prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 410,3 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Gifu ipakchilik rnining markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Shoyi toʻqiladigan yirik f-kalar, ip gazlama korxonalari, aviasozlik zavodlari bor. Kustar usulda yapon qogʻozi i.ch. va qogʻoz buyumlar (fonus, shirma, zont) tayyorlash bilan mashhur. Bu buyumlarning bir qismi chetga chiqariladi. Iqtisod instituti (1896), universitet bor. Shahar 1891 yilda sodir boʻlgan kuchli zilziladan keyin qayta qurilgan. Turizm rivojlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |