Gigroskopiklik
Qiyofa
Gigroskopiklik (gigro... va yun. skopeo — kuzataman) — materiallarning havodagi namlikni yutish xossasi. Suvda xoʻllanadigan (gidrofil) kapillyar-gʻovak tuzilishli materiallar (yogʻoch, don va b.); suvda yaxshi eriydigan moddalar (osh tuzi, shakar, baʼzi kimyoviy birikmalar) va b. gʻovak materiallar gigroskopik xususiyatiga ega. Gʻovak materialning namni yutish darajasi havoning namligiga bogʻliq boʻladi. Masalan, yogʻoch uchun eng yuqori gigroskopik namlik (Wrar)~30% (massa boʻyicha), don uchun — 3(5%. Har qaysi material uchun gigroskopik xossasini bilish juda muhim (uni tashish, saqlash, quritish, namlashda asqotadi). Baʼzi gigroskopik materiallar (mas, konsentirlangan sulfat kislota)dan havoni quritish uchun foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |