Kontent qismiga oʻtish

Gilkorlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gilkorlik — hunarmandlik turi; maxsus qorishmalar tayyorlash va uning yordamida tosh (marmar, harsang va b.), gʻisht terish, oʻyma, boʻyama naqsh ishlash sanʼati; shu soha bilan shugʻullanadigan usta gilkor deb ataladi. Gilkor ustalar qurilish ishi, qorishma tayyorlash, suvash, naqsh ishlash boʻyicha ixtisoslashadi. Qorishma (tarkibi unutilgan) devor yuzasiga surtilib, soʻng shu yuzaga naqsh oʻyib ishlanadi va boʻyaladi. Bu meʼmoriy bezak ganch oʻymakorligi va naqqoshligiga yaqin (qarang Ganchkorlik, Naqqoshlik). Eng rivojlangan davri 10— 12-asrlarga toʻgʻri keladi. Afrosiyob (10-asr), Termiz shohlarining saroy harobalari (11 — 12-asrlar), Oʻzgandagi Shimoliy maqbara (12-asr), temuriylar davrida yaratilgan meʼmoriy yodgorliklar va b. da ganchkori yassi boʻrtma tasvirlar, naqshlar mahorat bilan ishlangan, ganchni oʻyib ajoyib naqshli panjaralar yasalgan. G. Oʻrta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. Sharq mamlakatlarida rivojlangan, xilmaxil uslub va anʼanalari vujudga kelgan.

Gilkor ustalar eng yaxshi anʼanalarni oʻzlashtirgan holda ularni zamon talablariga moslab ijodiy rivojlantirmoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil