Kontent qismiga oʻtish

Gilmoya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gilmoya — gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. Oʻzbekistonda gilmoyani gilvata, togʻ yogʻi, koʻk shiram, soz kesak, toshsovun ham deyishadi. Gilmoya asosan dengiz va okean tublarida vulkan kullari va gillarning ishqorli muhitda fizik va kimyoviy oʻzgarishidan hosil boʻladi. Rangi oq, yashil, kulrang, qoʻngʻir va hokazo. Sovunga oʻxshash, yumshoq, issiqda tez qurib, toshga aylanadi. Suvda hajmi 2—15 baravar oshadi. Gilmoya har xil moddalar, radioaktiv elementlarni yutish (adsorbsiya) xususiyatiga ham ega. 1110— 1125° qizdirilsa, koʻpchib, gʻovakli tosh — keramzitga aylanadi. Gilmoya rezina, qogʻoz, metallurgiya, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyot va qishloq xoʻjaligida koʻplab ishlatiladi. Gilmoya boʻr va paleogen davri katlamlarida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 200 ga yaqin gilmoya konlari borligi aniqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil