Gimenolepidlar
Gimenolepidlar (Nute nolipididae) — tasmasimon chuvalchanglar sinfining oilasi. Baʼzi parrandalar va sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Odamda Hymenolepis papa va N. diminuta uchraydi. G.ning voyaga yetgan tanasi, yaʼni strobilasining uz. 2—3 sm dan 4—5 sm gacha, katta boʻgʻimining kengligi 0,5–1 mm, boshi (skoleksi)ning diametri 0,25—0,3 mm. Skoleksida toʻrtta soʻrgʻich va harakatchan hartumcha boʻladi. Hartumcha ichida 20 ta ilgagi bor. G.ning tuxumi ellips, baʼzan sharsimon shaklda, 0,068 mm gacha boʻladi. Odamda parazitlik qiladigan turlari ingichka ichakda oraliq xoʻjayinsiz rivojlanadi. Tuxumdan 6 ilgakli onkosfera lichinkasi chiqadi. Lichinka ichak vorsinkasiga kirib, 5—8 kunda soʻrgʻichli va ilgakli ikkinchi lichinkalik davri — sistitserkoidga aylanadi. Sistitserkoid ichak vorsinkalaridan ichak boʻshligʻiga chiqib voyaga yetadi. Parrandalarda parazitlik qiladigan G.ning oraliqxoʻjayinlari halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlar hisoblanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |