Kontent qismiga oʻtish

Giperbolik spiral

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Giperbolik spiral - M nuqtadan O aylanish markazigacha boʻlgan masofa aylanish burchagiga teskari proporsional (mutanosib) boʻlgan holda M nuqta aylanuvchi OA nur boʻyicha harakat qilganda M nuqta chizadigan tekis egri chiziq. G. s asimptotasi x qutb oʻqiga parallel. Agar r bilan f orasidagi munosabatni Dekart koordinatalarida u=a:x shaklida yozsak, u holda bu teskari mutanosiblik munosabatning grafigi giperbola boʻladi (G. s.ning nomi ana shundan).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil