Kontent qismiga oʻtish

Gipergen minerallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipergen minerallar – giper genez zonasida, yaʼni Yer poʻstining eng yuqori qismida past temperatura va bosimda hosil boʻlgan minerallar. Eng koʻp tarqalgan Gipergen minerallarga silikat jinslarining nurashidan xrsil boʻlgan gilli minerallar kiradi. Gidroksidlar, kislorod kislotasi tuzlari (sulfatlar, karbonatlar, nitratlar va b.) koʻp uchraydi. Gipergen minerallarga gidratatsiya (kristall panjarasiga molekulyar suv yoki gidroksidning kirishi), elementlarning yuqori darajada oksidlanish (temir, marganes, oltingugurt va b.) xususiyatlari xos. Gipergen minerallar hosil boʻlishida kislorod, suv, karbonat, sulfat, xlorid va fosfat kislotalarining ionlari asosiy rol uynaydi. Bundan tashkari iqlim, relyef, minerallarning fizik, kimyoviy xususiyatlari hamda oʻsimlik va hayvonlarning faoliyati ham ahamiyatli. Gipergen minerallar choʻkindi konlarni va qad nurash poʻstining foydali qazilmalari (boksit, gil, ohaktosh, kumir, tuz hamda temir va marganes rudalari)ni izlashda muhim ahamiyatga ega.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil