Giperkeratoz
Qiyofa
Giperkeratoz (giper... va yun. keratos — muguz, shox modda) — teri muguz qavatining qalin tortib kattiklashishi. Tashqi (uzoq vaqt bosilib turish, ishqalanish va b.) hamda ichki (endokrin bezlar funksiyasining buzilishi, A gipovitaminoz) omillar keltirib chiqarishi mumkin. G.da muguz tangachalar, kattakichik tugunchalar, boʻrtmachalar paydo boʻladi; teri quriydi, bemor kam terlaydi. Terining muguz qavati yoriladi, pust tashlaydi, baʼzan ogʻriydi. G. cheklangan (qadoq, soʻgal, keratoma) va diffuz, yaʼni koʻp joyga yoki butun badan terisiga tarqalgan boʻladi. Bemorni sodali yoki sovunli vannalar, vitamin A, terining muguz qavatini yumshatib, shilib tushiradigan mazlar bilan davolaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |