Kontent qismiga oʻtish

Gipernefroma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipernefroma (giper... va grekcha: „hephros“ — buyrak) — buyrak qilnaychalarining epiteliy hujayrasidan oʻsib chiqadigan xavfli oʻsma (buyrak raki). Kasallik zimdan boshlanadi. Bemor oʻzini noxush sezadi, tez charchaydi, darmonsizlik, ishtaha va kayfiyatning aynishi kabi belgilar asta-sekin zoʻraya borib, keyinchalik bel sohasi simillab ogʻriy boshlaydi, baʼzan ogʻriq boʻlmaydi. Goho bemorning harorati koʻtarilib, qon bosimi ortadi. Siydikda eritrotsitlar paydo boʻladi, qon deyarli kam uchraydi. Kasallik ultratovush tashxis va rentgen tekshiruvlari asosida aniqlanadi. Kimyoviy terapiya hamda jarrohlik usuli qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil