Giperosmiya
Giperosmiya (giper... va yun. Osme — hid, hid sezish) — hidga oʻta sezgirlik holati. Koʻproqhomiladorlikda kuzatiladi; biror kasallik belgisi boʻlishi ham mumkin. G.ga burun boʻshligʻi shilliq pardasidagi har xil hidlarni aniqlovchi va "tutib oluvchi" nerv tolalari reseptor nuqtalarining ortiqcha qoʻzgʻalishi sabab boʻladi.
.GIPERPARATIREOZ [giper... va lot. (glandula) parathyreoidea — qalqonsimon bez oldi bezi] — qalqonsimon bez oldi bezi adenomask yoki giperplaziyasi oqibatida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda qalqonsimon bez oldi bezi gormoni (paratgormon)ning koʻp ishlab chiqarilishi kalsiy va fosfor almashinuvining keskin buzilishiga sabab boʻladi. Natijada fosfor va kalsiy birikmalari suyaklardan yuvilib, suyaklar yumshashi, qiyshayishi va sinishi, muskullar zaiflashishi, umurtqalar osteoporozi, nefrokalsinoz, qon plazmasi va siydikda kalsiy koʻpayib ketishi, ruhiy oʻzgarishlar roʻy beradi. G.ning ayrim shaklida kalsiy ichki aʼzolarda, xususan buyrakda yigʻiladi (buyrak shakli), bunda buyrak va siydik yoʻllarida tosh paydo boʻladi. Koʻproq ayollarda kuzatiladi. Davo asosan oʻsmani olib tashlash, suyak shaklida — ortopedik usullar, buyrak-tosh kasalligida jarrohlik usuli qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |