Kontent qismiga oʻtish

Gipertiroidizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gipertireozdan yoʻnaltirildi)
Gipertiriyodizm

Qalqonsimon bez anotomik tasviri
KXK-10 E05Thyrotoxicosis [hyperthyroidism]
KXK-9 246.9

Gipertiroidizm (qalqonsimon bezning surunkali giperfunksiyasi) — qalqonsimon bez tomonidan tiroksin gormoni haddan tashqari koʻp miqdorda ishlab chiqarganda yuzaga keluvchi patologik holat. Gipertiroidizm sababli tanadagi metabolik jarayonlarni jadallashtirib yuboradi va buning oqibatida koʻp energiya sarflanishi sababli tana vaznining tez yoʻqotilishi va yurak urib ketish holatlariga olib keladi. Gipertiroidizm uchun davo choralarining bir necha turlari ishlab chiqilgan. Qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarishni sekinlashtirish maqsadida qalqonsimon bez giperfunksiyasini ekinlashtiruvchi dorilar va radioaktiv izotopli yoddan foydalanadi. Baʼzida gipertiroidizmni davolash qalqonsimon bezning toʻliq yoki bir qismini olib tashlash bilan hal qilinadi.

Juda koʻp hollarda bemorlar tomonidan gipertiroidizm eʼtiborsiz qoldiriladi va bu salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin keyinchalik oʻtkaziladigan davo choralariga qalqonsimon bez yaxshi javob beradi[1].

Gipertiroidizm boshqa kasalliklarga taqlid tariqasida namoyon boʻlishi mumkin, bu esa tashxis qoʻyish jarayonini qiyinlashtirishi mumkin. Shuningdek, u turli xil belgilar va alomatlarga yuzaga keltirilishi mumkin, jumladan:Ishtahaning yoʻqolishi va yoki ovqat isteʼmolining meʼyorda saqlangani holida ham yoki koʻpaysa ham, tasodifiy vazn yoʻqotilishi.

  • Yurak tez urishi (taxikardiya) – daqiqada 100 dan koʻp
  • Yurak ritmining buzulishi(aritmiya)
  • Yurak urib ketishi
  • Ishtahaning ortishi
  • Asabiylashish, xavotir va depressiya
qalqonsimon bezning masassi ortishi sababli boʻyin oldida boʻrtib qolishi
  • Tremor -qoʻl va oyoqlardagi tinchlikdagi qaltirash
  • Terlash
  • Hayz siklidagi buzulishlar
  • Issiqlikka sezgirlikning oshishi
  • Ichaklar motorikasining buzulishi, ayniqsa gipermotor holati.
  • Kattalashgan qalqonsimon bez (buqoq), boʻyin tagida shish paydo boʻlishi mumkin
  • Charchoq, mushaklar kuchsizligi
  • Uyqu buzulishi
  • Teri qipiqlanib toʻkilishiYupqa, moʻrt sochlar

Keksa odamlarda yurak urish tezligining koʻtarilishi, issiqlikka chidamlilik va oddiy mashgʻulotlar paytida charchash tendentsiyasi kabi belgilar yoki alomatlar koʻp hollarda yuzaga chiqmaydi[2].

Grevis oftalmopatiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzida Grevis oftalmopatiyasi deb ataladigan noodatiy muammo koʻzlarga taʼsir qilishi mumkin, ayniqsa bu holar chekuvchilarda koʻp yuzaga keladi. Ushbu patologiya koʻz olmazsi orqa qismidagi toʻqimalar va mushaklar shishib ketganda yuzaga kelib, koʻz olmasini normal himoya orbitasidan tashqariga chiqarib yuboradi- bu koʻz chaqchayishi shaklida namoyon boʻladi.

Koʻz olmasining koʻz yorigʻidan tashqariga chiqib qolishi-ekzoftalm

Grevis oftalmopatiyasining belgilari va alomatlariga quyidagilar kiradi:

  • Koʻz sklerasining quruqligi
  • Koʻz qizarishi yoki shishi
  • Bir yoki ikkala koʻzda haddan tashqari katta koʻz yorigʻi
  • Yorugʻlikka sezgirlik, xira koʻrish yoki tasvirlar ikkilanishi, sklera yalligʻlanishi yoki koʻz harakatining pasayishi
  • Chiqib ketgan koʻz olmalari

Gipertiroidizm Grevis kasalligi, Plummer kasalligi va tiroyodit kabilar tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Qalqonsimon bez boʻyinning tagida joylashgan, kichik, kapalak shaklidagi bezdir. Qalqonsimon bez inson sogʻligʻiga katta taʼsir koʻrsatadi. Tana metabolizmining barcha jihatlari qalqonsimon bez gormonlari tomonidan boshqariladi.

Qalqonsimon bez tanadagi har bir hujayraga taʼsir qiluvchi ikkita asosiy gormon – tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) ishlab chiqaradi. Ular organizmning yogʻlar va uglevodlarning metobolizm tezligini boshqarib turadi, tana haroratini nazorat qilishga yordam beradi, yurak urish tezligiga taʼsir qiladi va oqsil ishlab chiqarishni tartibga solishga yordam beradi. Qalqonsimon bez qondagi kalsiy miqdorini (kalsitonin) tartibga solishga yordam beradigan gormon ishlab chiqaradi[3].

Ortiqcha tiroksin(T4) ishlab chiqarilish sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda, qalqonsimon bez kerakli miqdorda gormonlarni chiqaradi, lekin baʼzida u juda koʻp T4 ishlab chiqaradi. Bu bir qator sabablarga koʻra yuzaga kelishi mumkin, jumladan:

Graves kasalligi.

Grevis kasalligi – bu avtoimmun kasallik boʻlib, immunitet tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan antitanalar qalqonsimon bez tomonidan juda koʻp miqdordaT4 ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi. Bu gipertiroidizmning eng keng tarqalgan sababidir.

Qalqonsimon bezning giperfunktsiyali tugunlari (toksik adenoma, toksik multinodulyar buqoq yoki Plummer kasalligi).

Gipertiroidizmning ushbu shakli qalqonsimon bezning bir yoki bir nechta adenomasi tomonidan juda koʻp T4 hosil qilganda paydo boʻladi. Adenoma – bu bezning boshqa qismlaridan chegaralangan, qalqonsimon bezning kattalashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan saratonsiz (yaxshi sifatli) boʻlaklarni hosil qiluvchi bezning bir qismi.

Tiroyodit.

Baʼzida qalqonsimon bez homiladorlikdan keyin, avtoimmun holat yoki nomaʼlum sabablarga koʻra yalligʻlanishi mumkin. Yalligʻlanish bezda saqlanadigan ortiqcha qalqonsimon gormonlarining qon oqimiga chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Tiroyoditning baʼzi turlari ogʻriqli kechishi mumkin, baʼzilari esa ogʻriqsiz kechishi mumkin[4].

Xavf omillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipertiroidizm uchun xavf omillari quyidagilardan iborat:

Oila tarixidagi ushbu kasallikning uchrab turishi-nasliylik, ayniqsa Grevis kasalligi

Ayol jinsi

1-tip qandli diabet, anemiya va birlamchi adrenal gormon yetishmovchiligi kabi surunkali kasalliklarning anamnezda mavjudligi.

Gipertiroidizm bir qator asoratlarni yuzaga keltirishi umkin:

Yurak muammolari

Gipertiroidizmning eng jiddiy asoratlaridan baʼzilari yurak bilan bogʻliqdir. Bularga taxikardiya, yurak urishi xavfli darajada ortishi bo'lmachalar fibrilyatsiyasi deb ataladigan yurak ritmining buzilishi va kongnetiv yurak yetishmovchiligi kiradi – bu yurak tana ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli qon miqdorini haydab beraolmaydigan holatdir.

Moʻrt suyaklar

Davolash amalga oshirilmagan holatlarda gipertiroidizm suyaklar moʻrt va zaifligi(osteoporoz)ga olib kelishi mumkin. Suyaklar mustahkamligi qisman ular tarkibidagi kalsiy va boshqa minerallar miqdoriga bogʻliq. Qalqonsimon gormonning haddan tashqari koʻpligi organizmdagi kalsiyni suyaklarga oʻzlashtirilish qobiliyatiga xalaqit beradi.

Koʻz muammolari

Grevis oftalmopatiyasi boʻlgan odamlarda koʻz muammolari paydo boʻladi, ular orasida koʻz boʻrtishi, qizarish yoki shishi, yorugʻlikka sezgirlik, xira yoki ikki tomonlama koʻrish kiradi. Davolanmaganda jiddiy koʻz muammolari xususan, koʻrishning yoʻqolishiga olib kelishi mumkin.

Qizil, shishgan teri

Kamdan kam hollarda Grevis kasalligi boʻlgan odamlarda Grevis dermopatiyasi rivojlanadi. Bu teriga taʼsir qiladi, koʻpincha oyoqlarda qizarish va shish paydo boʻlishiga olib keladi.

Tirotoksik kriz

Gipertiroidizm tirotoksik kriz xavfini ham yuzaga keltiradi – alomatlarning keskin kuchayishi, isitma, puls tezlashuvi va hatto deliriyaga olib keladi.

Gipertiroidizm quyidagicha tashxis qilinadi:

Kasallik tarixi(anamnesis morbi) va fizik tekshiruv.

Tekshiruv barmoqlar choʻzilganida yengil titroq-tremor, haddan tashqari faol reflekslar, koʻz oʻzgarishi va tana haroratining yuqoriligi, nam terini aniqlashga harakat qilishi mumkin. Yutinish paytida qalqonsimon bezni tekshirish, uning kattalashganligini aniqlash, puls tezligi va ritmi aniqlanadi.

Qon testlari.

Tiroksin va qalqonsimon bezni ogohlantiruvchi gormon (TTG) ni oʻlchaydigan qon testlari tashxisni tasdiqlashi mumkin. Yuqori darajadagi tiroksin va kam yoki mavjud boʻlmagan TTG miqdori qalqonsimon bezning haddan tashqari faolligini koʻrsatadi. TTG miqdori juda muhim, chunki bu sizning qalqonsimon bezingizga koʻproq tiroksin ishlab chiqarish uchun signal beruvchi gormon. Ushbu testlar, ayniqsa, gipertiroidizmning klassik belgilari uchramaydigan kattalar uchun zarurdir. Agar tekshiriluvchi biotin qabul qilavchi shaxs boʻlsa, qalqonsimon bezdagi qon tekshiruvi notoʻgʻri natijalar berishi mumkin – bu multivitaminlarda mavjud boʻlgan B vitamili qoʻshimcha. Agar biotin yoki biotinli multivitamindan foydalanuvchi tekshiriluvchi boʻlsa, bu haqda shifokorni ogohlantirishi va tekshiruvdan kamida 12 soat oldin biotin qabul qilmagan boʻlishi lozim. Gipertiroidizmga chalingan bemor qon namunasi:

Koʻrsatkich Natija Oʻlchov birligi Normadagi koʻrsatkich
TTG 11.000 mmME/ml,

mBirlik/l

0.4-4.0

1-trimestr 0.1-2.5

2-trimestr 0.2-3.0

3-trimestr 0.3-3.0

T3 erkin 8.69 Pmol/l 2.3-6.3
T4 erkin 10.10 Pmol/l 10.3-24.5
Trioglobulinga antitana(AT-TG 29.90 Birlik/ml 0-40.0
Trioperoksidazaga antita(AT-TPO) >1000 Birlik/l 0-35.0

Agar qon tekshiruvi gipertiroidizmni koʻrsatsa, shifokor tomonidan qalqonsimon bezning haddan tashqari giperfaolligini aniqlash uchun quyidagi testlardan birini tavsiya qilishi mumkin:

Radioyodni qabul qilish testi.

Ushbu test bemor qalqonsimon bezi tomonidan radioaktiv yodning oʻzlashtirish darajasi baholashga qaratilgan boʻlib, bunda bemorga radioaktiv yodning kam dozasi beriladi va istemoldan 4, 6 va yoki 24 soatdan keyin yodning qancha qismi oʻzlashtirilganligi tekshiriladi. Ayrim vaqtlarda manashu uchta vaqt ichida jarayon oʻzgarishi uch bora tekshirilishi mumkin. Radioaktiv yodning yuqori oʻzlashtirilgan miqdori qalqonsimon bez juda koʻp tiroksin ishlab chiqarayotganini koʻrsatadi. Eng yaqin mumkin boʻlgan sabab Grevis kasalligi yoki qalqonsimon bezning giperfunktsiyali tugunlari mavjudligi boʻlishi mumkin. Agar gipertiroidizm aniqlansa va radioaktiv yodni qabul qilish darajasi past boʻlsa, bu bezda saqlanadigan tiroksin gormoni qon oqimiga oqib chiqayotganini koʻrsatadi, bu tiroyodit borligini anglatishi mumkin.

Qalqonsimon bezni skanerlash.

Ushbu tekshiruv jarayonida bemorning yelka venasiga radioaktiv izotop yuboriladi. Keyin bemor stol ustida boshingizni orqaga choʻzgan holda yotadi, bunda maxsus kamera qalqonsimon bezning tasvirini kompyuter ekranida yaratadi. Ushbu test yodning qalqonsimon bezda qanday toʻplanishini koʻrsatadi.

Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi.

Ushbu test qalqonsimon bezning tasvirini yaratish uchun yuqori chastotali tovush toʻlqinlaridan foydalanadi. Ultratovush tekshiruvi qalqonsimon bez tugunlarini aniqlashda boshqa testlarga qaraganda yaxshiroq boʻlishi mumkin va hech qanday nurlanish taʼsiri yoʻq[5].

Normadagi qalqonsimon bez gormonlari koʻrsatkichi:

Gormon Normadagi koʻrsatkich
Umumiy tiroksin 62-141 nmol/l
Erkin tiroksin 1.5-2.9 mkg/100ml
Umumiy triyod trionin 1.17-2.18 nmol/l
Erkin triyodtrionin 0.4 ngr/100ml
Kalsitonin 5.5-28 pmol/l

Gipertiroidizm uchun bir nechta davolash usullari mavjud. Bemor uchun eng yaxshi yondashuv yoshiga, jismoniy holatiga, gipertiroidizmning asosiy sababiga, shaxsiy imtiyozlarga va buzilishning ogʻirligiga bogʻliq. Mumkin boʻlgan davolash usullari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Radioaktiv yod.

Peroral qabul qilingan radioaktiv yod qalqonsimon bez tomonidan soʻriladi va bu bez hajmining kichiklashuviga olib keladi. Simptomlar odatda bir necha oy ichida yoʻqoladi. Radioaktiv yod tanadan haftalar va oylar ichida chiqib ketadi. Ushbu davolash usuli sababli qalqonsimon bezning gipofunksiyasiga olib kelishi va bemor tiroksin oʻrnini qoplash uchun dori darmonlar qabul qilishiga olib keladi.

Qalqonsimon bezga qarshi dorilar.

Ushbu dorilar qalqonsimon bezning ortiqcha gormonlar ishlab chiqarishiga toʻsqinlik qilib, gipertiroidizm alomatlarini asta-sekin kamaytiradi. Ularga metimazol (Tapazol) va propiltiouratsil kiradi. Simptomlar odatda bir necha haftadan bir necha oygacha saqlaninb keyin yoʻqola boshlaydi, ammo qalqonsimon bezga qarshi dorilar bilan davolash odatda kamida bir yil va koʻp hollarda undan uzoqroq davom etadi. Baʼzi odamlar uchun qalqonsimon bezga qarshi dori moddalari kasallikni butunlay yoʻq qilishi, ammo boshqa odamlarda relaps paydo boʻlishi mumkin. Ikkala dori ham jigarga jiddiy zarar etkazishi mumkin, baʼzan esa oʻlimga olib keladi. Propiltiouratsil jigar shikastlanishi holatlarini koʻp chiqargani sababli, uni odatda metimazol qabul qilaolmaganda ishlatish kerak. Ushbu dorilarga allergiyasi boʻlgan oz sonli odamlarda teri toshmasi, isitma yoki boʻgʻimlarda ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. Ular bemorlarni infeksion kasalliklarga koʻproq moyil qilishlari mumkin.

Beta blokatorlar.

Aslida bu dorilar odatda yuqori qon bosimini davolash uchun ishlatiladi va qalqonsimon bez funksiyasiga taʼsir qilmasa ham, ular qalqonsimon bez giperfunksiyasi sababli qoʻl va oyoqlardagi titrashini, yurak tez urishi va fibrilyatsiya kabi gipertiroidizm alomatlarini yengillashtirishi mumkin. Shu sababli, shifokor qalqonsimon bez darajasi meʼyorga yaqinlashguncha bemor oʻzini yaxshi his qilishiga yordam berish uchun ushbu dorilarni ham buyurishi mumkin. Ushbu dorilar odatda astma bilan ogʻrigan odamlar uchun tavsiya etilmaydi. Yon taʼsiri sifatida charchoq va jinsiy disfunktsiyani yuzaga keltirishi mumkin.

Jarrohlik (tiroidektomiya).

Agar bemor homilador boʻlsa yoki qalqonsimon bezga qarshi dorilarni qabul qilaolmasa va radioaktiv yod bilan davolanishni istamasa qalqonsimon bez jarrohlik usuli bilan olib tashlanishi mumkin . Tiroidektomiyada qalqonsimon bezning koʻp qismini olib tashlanadi. Ushbu operatsiyaning xavf-xatarlari orasiga ovoz boylamlari va paratiroid bezlarining shikastlanishi kabi salbiy holatlar kiradi. paratiroid bezlar-qalqonsimon bezning orqa tomonida joylashgan toʻrtta mayda bezlar qondagi kalsiy darajasini nazorat qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, tanani normal miqdorda qalqonsimon gormon bilan taʼminlash uchun levotiroksin (Levoksil, Synthroid va boshqalar) bilan umrbod davolanish kerak boʻladi. Agar paratiroid bezlari ham olib tashlangan boʻlsa, qonda kalsiy darajasini normal ushlab turish uchun bemorga qoʻshimcha dorilar buyuriladi.

Grevis oftalmopatiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar Grevis kasalligi koʻzga taʼsir qilsa (Grevis oftalmopatiyasi), sunʼiy koʻz yoshlar va moylash gellari yordamida, shamol va yorqin chiroqlardan himoyalanib, yengil belgilar va simptomlarni boshqarish mumkin. Agar simptomlar ogʻirroq boʻlsa, koʻz qovoqlari orqasidagi shishishni kamaytirish uchun kortikosteroidlar, masalan, prednizon bilan davolanishni tavsiya qilishi mumkin.

Grevis oftalmopatiyasini davolash uchun ikkita dori – rituximab (Rituxan) va teprotumumab qoʻllanadi, ularning samarali ekanligini isbotlovchi aniq dalillar hali yetarli darachada boʻlmasa ham.

Baʼzi hollarda jarrohlik amaliyoti asosiy davo chorasi boʻlishi mumkin:

Orbital dekompressiya operatsiyasi.

Ushbu operatsiyada koʻz boʻshligʻi va sinuslar orasidagi suyak olib tashlanadi – koʻz yorigʻi yonidagi havo boʻshliqlari. Jarayon muvaffaqiyatli boʻlsa, koʻrish qobiliyati yaxshilanadi va koʻzlar normal holatiga qaytishi uchun joy beradi. Ammo operatsiyadan keyin davom etadigan yoki paydo boʻladigan ikki tomonlama koʻrishni oʻz ichiga olgan asoratlar xavfi mavjud.

Koʻz mushaklari jarrohligi.

Baʼzida Grevis oftalmopatiyasining chandiq toʻqimalari bir yoki bir nechta koʻz mushaklarining juda qisqa boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bu koʻzlarni tekislashdan tortib, ikki tomonlama koʻrishga olib keladi. Koʻz mushaklari jarrohligi taʼsirlangan mushakni koʻz olmasidan kesib, orqaga qayta tiklash orqali ikki tomonlama koʻrishni tuzatishga yordam beradi.

  1. „Hyperthyroidism (overactive thyroid)“ (2020-yil 14-noyabr). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  2. „Endokrinologiya“. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  3. „Harrison's endocrinology second editions“. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  4. „Hyperthyroidism“ (2021-yil 19-oktyabr). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  5. „Эндокринология“. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.