Kontent qismiga oʻtish

Gipervizor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gipervisor (virtual mashina menejeri, VMM yoki virtualizator sifatida ham tanilgan) virtual mashinalarni yaratadigan va boshqaradigan kompyuter dasturiy yoki texnik ta’minot turidir. Gipervisor bir yoki bir nechta virtual mashinalar ishlaydigan kompyuterga mezbon mashinasi (inglizcha: host machine), har bir virtual mashina esa mehmon mashinasi (inglizcha: guest machine) deb ataladi. Gipervisor mehmon operatsion tizimlarini virtual operatsion platforma bilan ta'minlaydi va mehmon operatsion tizimlarining ishlashini boshqaradi. Emulatordan farqli o'laroq, mehmon ko'rsatmalarning ko'p qismini o'z qurilmasida bajaradi[1]. Turli xil operatsion tizimlarning bir nechta namunalari virtuallashtirilgan apparat resurslarini baham ko'rishi mumkin. Masalan, Linux, Windows va macOS nusxalari bir xil x86 jismoniy mashinasida ishlashi mumkin. Bu operatsion tizim darajasidagi virtualizatsiyadan farq qiladi, bu yerda barcha namunalar (odatda konteynerlar deb ataladi), garchi mehmon operatsion tizimlari foydalanuvchi maydonida farq qilishi mumkin bo’lsada, bir xil yadrodan foydalanishi kerak. Bunga bir yadroda ishlaydigan turli Linux distributivlarini misol qilib keltirish mumkin.

"Gipervisor” (inglizcha: hypervisor) atamasi inglizcha “supervisor” (ma’nosi: nazoratchi) so’zining tuslangan ko’rinishi bo'lib, nazoratchilarning nazoratchisi[2] degan ma’noni bildiradi. Atama taxminan 1970-yillardan boshlab qo’llanila boshlangan bo’lib[3], IBM tomonidan 360/65 kompyuteri uchun o'ylab topilgan va keyinchalik DIAG CP-67 protsessorida ishlatilgan[4].

  1. Goldberg, Robert P. (1973). „Architectural Principles for Virtual Computer Systems“ (PDF). № ESD-TR-73-105. Harvard University. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  2. Bernard Golden. Virtualization For Dummies, 2011 — 54-bet. 
  3. „How did the term "hypervisor" come into use?“.
  4. Gary R. Allred (May 1971). "System/370 integrated emulation under OS and DOS". 38. 1971 Spring Joint Computer Conference. AFIPS Press. p. 164. doi:10.1109/AFIPS.1971.58. https://www.computer.org/csdl/proceedings/afips/1971/5077/00/50770163.pdf.