Kontent qismiga oʻtish

Gipoglikemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipoglikemiya (gipo... yun. glykys — shirin va haima — qon) — qonda qandning norma (70 mg %) dan kamayishi. Sogʻlom kishilar uglevodlar koʻp qabul qilganida, zoʻr berib jismoniy ish bilan shugʻullanganida, shuningdek ayollarda laktatsiya davrida gipoglikemiya roʻy berishi mumkin. Meʼda osti bezi, jigar, buyrak kasalliklari va b. ham gipoglikemiyaga olib keladi. Bemorga insulin ortiqcha berilganda gipoglikemik shok kuzatiladi, bundam holat roʻy berganda venaga glyukoza yuboriladi. Qonda qand miqdorining 40 mg% dan kamayib ketishi koʻpgina noxushliklarga; hushdan ketish, tirishish, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiyaga sabab boʻlgan asosiy kasallik aniqlanib, uni davolash tadbirlari koʻriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil